"makroiqtisodiyot" fanidan
O’zbekiston Respublikasida eksport faoliyatining hozirgi kundagi holati tahlili
Download 134.15 Kb.
|
MAMLAKATNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA SOLIQ TIZIMINING ROLINI 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
- FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
2.2. O’zbekiston Respublikasida eksport faoliyatining hozirgi kundagi holati tahlili2022 yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2021y. – 28,7 mlrd, doll.). Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2021 y. – 11,3 mlrd, doll.). Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2021 y. – 17,3 mlrd. doll.). Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi -5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.). Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda. Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi. Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 44,1 foizni, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizni tashkil etdi. Ushbu import tovarlarning qariyib 50 foizi iqtisodiyotda investitsion importni, 25 foizi qayta ishlash uchun xom-ashyo importini, 25 foizi tayyor mahsulot sifatida iste’mol importini tashkil etdi. Tovarlar importi o‘sishiga ta’sir etgan omillar va manfiy saldosining yuqoriligi sabablari. Mamlakatimizda 2020-2022 yillarda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni, aholi farovonligini va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovar resurslarini import hisobiga ta’minlanishi. Aholi daromadlarining o‘sishi natijasida mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi va uni chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga qondirilishi. Ma’lumot uchun: Oziq ovqat mahsulotlari importi 2020 yilda 1,27 mlrd. doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 1,58 mlrd. doll.ni o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etgan. 2022 yilning 11 oyi davomida esa ushbu mahsulotlar importi 1,67 mlrd. doll.ni tashkil etib, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda so‘mning horij valyutalariga erkin ayirboshlash sharoiti yaratilishi natijasida milliy valyutadagi ichki investitsiyalarning chetdan mahsulot sotib olish qobiliyati chet el valyutasi bilan tenglashganligi natijasida import tovarlariga talabning oshishi. Tijorat banklari kreditlarining (156,2 foiz) yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va kredit mablag‘larining katta qismi iqtisodiyotning noreal ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilishi (57%), o‘z navbatida ma’lum bir tovar va xizmatlari importini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Chet el investitsiyalarining o‘sishi (2022 yilning birinchi yarmida 2 marta ko‘paygan). Tovar ishlab chiqarish hajmi o‘sish darajasi(7-8%)ning jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur’ati (1,5 marta)dan pastligi. Chet eldan pul o‘tkazmalarining ko‘payganligi (2021 - 5,2 va 2022 - 5,8 mlrd.doll.) Tovarlar eksportining (maxsus eksportdan tashqari) 22,7 foizga va aholi real daromadlarining o‘sish darajasi tovar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘payishi natijasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi. Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar. Mamlakatimizda iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish (inflyatsiya darajasini pasaytirish, ayirboshlash kursining mo‘tadilligini ta’minlash), tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida: Mamlakatda aksiya (kapital) bozorini kengaytirish orqali portfel investitsiyalar hajmini ko‘paytirish.Xususiy korxonalar va aholi bo‘sh mablag‘larini birinchi navbatda davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish choralarini ko‘rish; Davlat qarzini chegaralash. Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanish mexanizmlariin ishlab chiqish; Investitsion loyihalarni shakllantirishda: - davlat investitsiyalarini baholash tizimini joriy qilish, ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish; - mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini oshirish, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish; - asosiy e’tiborni mamlakatimizning mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojiga va eksport salohiyatini oshirishgaqaratilganligiga hamda iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishiga hamda loyiha doirasida keyinchalik ishlab chiqarishda ishlatiladigan oraliq tovarlar (hom ashyo va butlovchi materiallar) tarkibida mahalliy tovarlar ulushini yuqori bo‘lishiga qaratish. Tijorat banklarining investitsion dasturlarni moliyalashtirish faoliyatlariga davlat aralashuvini cheklash va davlat tasarrufidagi tijorat banklarining ma’suliyatlarini oshirish mexanizmini takomillashtirish. Tashqi va ichki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish mexanizmini takomillashtirish. Bunda iqtisodiy jihatdan istiqbolli va samarali bo‘lgan investitsion loyihalar bazasini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar hajmida import ulushini mahalliy mahsulotlar hisobiga kamaytirishni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish. Mamlakatimizda tayyor iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish (tasdiqlangan ro‘yxat asosida iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqaruvchi birliklarga tovarlar turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda tarmoqdagi o‘rtacha foyda normasidan past bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan foyda normasi kamomadini korxona to‘la quvvatga chiqqunga qadar qoplab berish tartibini joriy etish). Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida qo‘yidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilandi; 2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi; 3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi; 4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi; 5) 2021-2022 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2022 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etdi. (Ma’lumot uchun, mahalliylashtirish dasturiga asosan 2021 yilda 707 ta loyiha doirasida 14,9 trln. so‘mlik va 2022 yil yakuni bilan 873 ta loyiha doirasida 18,9 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi) XULOSABozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda soliq siyosati strategiyasi va taktikasi munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish emas, balki soliqqa tortishning maqbul tizimini shakllantirish deb hisoblaymiz.Belgilangan yo’nalishlardagi muammoldar ijobiy hal qilinsa, korxonalar boqimandaligini kamayishiga, soliqlarni byudjetga o’z vaqtida to’liq undirishga, takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga va boshqa muammolarning hal qilinishiga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning va soliq siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida erkin raqobatni yuzaga keltirish orqali ichki bozorni to’yintirish hisoblanadi. Soliq siyosatining imtiyozli yo’nalishlari bu maqsadni ba’zan inkor eishini kuzatamiz, ya’ni bir tarmoqdagi ikki xo’jalik yurituvchi sub’ektning biriga imtiyoz berish orqali, ikkinchisining imkoniyatlarini kamaytirib qo’yish mumkin. Imtiyozlarni belgilashda asosiy omil qilib tarmoq xususiyatini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bu esa, bir tarmoq ichida erkin raqobatni va narxlar tengligini ta’minlaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soliqlar umumiqtisodiy tizimning bir bo’g’ini hisoblanib, amalga oshirilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi mamlakatning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli tarzda ta’sir etadi. Shunday ekan, soliq siyosatining strategiyasini va taktikasini uzviyligini ta’minlashning asoslarini o’rganish ham muhimdir. Chunki soliq siyosati strategiyasini chuqur o’rganib, ilmiy asoslash orqali soliq taktikasini samaradarligini oshirish va bozor iqtisodiyotida davlatimiz va yurboshimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun belgilagan strategiyasiga, ko’zlagan maqsadiga erishish oson kechadi. Kurs ishimizning nihoyasida soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash tizimini rivojlantirishni o’rganish asosida olingan asosiy xulosa va takliflarni, qisqacha eks ettiramiz. Ular quyidagilardan iborat: 1.To’g’ri soliqlar asosan byudjet soliq tushumlarini ta’minlashi lozim, ammo, bu holat ular bo’yicha soliq imtiyozlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda o’rganish bilan uzviy holda o’rnatish lozim. Agar, to’g’ri soliqlar yuzasidan soliq to’lovchilarga asossiz soliq imtiyozlari berilsa, u holda to’g’ri soliqlarning ham fiskallik xususiyatiga ham rag’batlantiruvchilik xususiyatiga ta’sir etadi. Shuning uchun davlat bu sohadagi soliq siyosatida soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siri bilan bog’liq muntazam monitoring kuzatishlarini olib borishni yo’lga qo’yishi lozim. 2.Hozirgi vaqtda to’g’ri soliqlarning rag’batlantiruvchilik xususiyati asosan milliy bozorda faoliyat ko’rsatuvchi soliq to’lovchilarga nisbatan ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, xorij investitsiyasinining milliy iqtisodiyotga kirib kelinishini rag’batlantiruvchi ta’siri bugungi kunda susayib bormoqda. Xorijiy investitsiyaning muhim ikki tomoni mavjudki, ular bir tomondan qo’shimcha soliq ob’ektini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan yangi ish o’rinlarini yaratishi hisobiga ishsizlikning oldini olishga xizmat qiladi, qolaversa, ish o’rniga ega bo’lgan jismoniy shaxs sifatidagi soliq to’lovchilarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun to’g’ri soliqlarning xorijning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyasini kirib kelinishini rag’batlantirishi bilan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 3.To’g’ri soliqlar orqali soliq to’lovchi korxonalarning harajatlar siyosatiga ta’sirini oshirish zarur. Chunki, korxonada amalga oshiriladigan harajatlar asosan ikki xil tartibda moliyalashtirilib, bu tartib natijada harajatlarning soliq bazasiga ta’sirini belgilab beradi. Korxonalarning harajatlar siyosatidagi muammolar to’g’ri soliqlarning miqdoriga to’g’ridan to’g’ri tez ta’sir etadi va to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga salbiy ta’siri ko’pgina hollarda harajatlarni mahsulot tannnarxiga kiritilishi yoki ularni boshqacha tartibda moliyalashtirish mexanizmi orqali ro’y beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchi korxonalarning faoliyatiga ta’sirida soliq stavkasi va soliq imtiyozlariga nisbatan harajatlarni moliyalashtirish mexanizmining ta’siri kattadir. Bu erda davlat tomonidan korxonalarning moliyasini boshqarish siyosati strategiyasi va soliq siyosatidagi strategik yo’nalishlarni bir-biriga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. 4.To’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siridagi eng muhim muammolardan yana biri bu bir xil soliq ob’ektiga ikki xil soliq turining qaratilganligidir. Ya’ni, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan foyda solig’i va infratuzilmani rivojlantirish solig’ining foydadan undirilayotganligidir. Chunki, infratuzilmani rivojlantirish solig’i bazasi tarkibi birgina korxona ixtiyorida qolgan sof foyda bilan birgalikda ijtimoiy soha ob’ektlarini saqlab turish harajatlari hamda byudjetga hisoblangan foyda solig’i summasi yig’indisidan tarkib topishligi bir soliq ob’ektidan ikki xildagi soliqning undirilishidan tashqari foyda solig’i bo’yicha hisoblangan soliq summasining qaytadan soliqqa tortilayotganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ta’kidlanganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, bir soliq ob’ektidan bir necha soliqlarning undirilishi, birinchidan soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga ziddiyatli hol bo’lsa, ikkinchidan korxonalar tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarini moliyalashtirishga qiziqishini kamaytirish bilan birgalikda korxona xodimlari va ularning farzandlarining korxona faoliyatidan ijtimoiy manfaatdorligini pasaytirmoqda. Bizning fikrimizcha, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq stavkasini barqaror 10% darajada ushlab turgan holda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bekor qilishni taklif etamiz. 5.Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash va kichik biznesni rivojlantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tugatish. 6.Tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik va ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda soliq siyosati strategiyasini to’g’ri oqilona ishlab chiqish. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan takliflarni amalga oshirish rivojlanib borayotgan O’zbekiston soliq siyosatining yanada rivojlanishi va uning iqtisodiy isloxatlarda takomillashuviga olib keluvchi omil sifatida xizmat qiladi.. FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – T.: O’zbekiston, 2014,- 46b. Mirziyoev. Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. - 592 b. Mirziyoev Sh. M. «Xalqimizning roziligi bizning faolyatimizga berilgan eng oliy bahodir» 2- jild«- Toshkent: O‘zbekiston», 2022 - 592 bet O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегияси [Матн] / Ш.М. Мирзиёев. - Тошкент: “0‘zbekiston” нашриёти, 2021. - 464 б. Ўзбекистон Республикаси Президенти 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сонли “2022- 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” Фармони O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 22.12.2017 y. Xodiyеv B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bеt. 9. Макконнелл К.Р., Брю С.Л., Флинн Ш.М. Экономикс: принципы, проблемы и политика: Учебник: Пер. с англ. 21-е изд. М.: ИНФРА-М, 2022. - 1152. с. Ulmasov A., Vaxobov A.B. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: “Iqtisod-moliya” 2014. — 480 bet. Tursunov A.M. Iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma.- T: “Ilm-Ziyo-Zakovat”, 2021, 414 bet. Mc Connell, Brue. Economics. 17 th edition. Mcgraw-hill/Irvin, USA, 2009. O‘lmasov A.,Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2014. -480 b. Shodmonov.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010. -728 b. Jo‘rayev.T.T., Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. Ko‘rgazmali qo‘llanma. -T.: “fan va texnlogiya”, 2014. -448 b. Haydarov N.X. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishda davlat moliyasining o‘rni // Iqtisod va moliya. – Toshkent, 2013. – № 9. –B. 13. Bakaybaeva A.S. Uchet doxodov gosudarstvennogo byudjeta s ispolzovaniem kaznacheyskix texnologiy v Respublike Uzbekistan // Iqtisod va moliya. – Toshkent, 2013. – № 12. – B. 7. Download 134.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling