"makroiqtisodiyot" fanidan


-rasm. Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni1


Download 134.15 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi134.15 Kb.
#1584628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAMLAKATNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA SOLIQ TIZIMINING ROLINI 1

1.1-rasm. Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni1
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining
ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib
berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan
ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida
aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi
koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va
tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan
olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat
bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni
ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik
harajatlari.
Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2022 yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2021 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Download 134.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling