O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo`nalishlari
Download 1.16 Mb.
|
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO`JALIGIDAGI ISLOHOTLAR, UNING VAZIFALARI VA YO`NALISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIGA UMUMIY TA’RIFI.
- 1.2. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar
- 2.2. Qishloq xo‘jaligi va uning yetakchi tarmoqlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO`JALIGIDAGI ISLOHOTLAR, UNING VAZIFALARI VA YO`NALISHLARIMundarija:
I BOB. O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIGA UMUMIY TA’RIFI. 1.1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi
Mustamlakachilik yillarida O‘zbekistonning xalq xo‘jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya’ni qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya’ni Rossiya to‘qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e’tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi.
1.2. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlarMamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu soha bilan bog‘liq. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. II BOB. O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINING ASOSIY GEOGRAFIK KO‘RSATKICHLARI 2.1. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari
Gʻallachilikni rivojlanishi tabiiy, biologik, iqtisodiy omillar bilan bogʻliqdir. Gʻalla yetishtirish hozirgi dehqonchilikda mehanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi bilan farq qiladi. Gʻalla ekinlaridan almashlab ekishda keng foydalaniladi: shudgor uchun yerlarga dam berilganda, ayniqsa, hosildor boʻladi. Bu jarayon bugʻdoy-gʻalla ekinlarida yuqori ahamiyatga ega.
2.2. Qishloq xo‘jaligi va uning yetakchi tarmoqlariRespublika xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, u aholini oziq-ovqat bilan taminlaydi, moddiy farovonligini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi intensiv rivojlangan, texnikalashgan dehqonchilik madaniyatini yuksak darajada ko‘targan ixtisoslashtirishni ichki geografik rayonlararo yo‘lga qo‘ygan va chuqurlashtirgandi. Biroq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi “O‘zbekiston mamlakatining asosiy paxta bazasi” shiori amalda edi. Ya’ni qishloq xo‘jaligida bittagina uzoq soha bor edi. U ham bo‘lsa paxta edi. Endilikda mustaqil O‘zbekiston xalq xo‘jaligining muhim sohasi qishloq xo‘jaligidagi bir tomonlama ish tutishning oІir asoratini boshidan kechirmoqda. Ziroatchilik qilinadigan yerlar tuproqning teng yarimining sho‘rlanib ketganligi, ziroatchilik qilish madaniyatida, yani paxtadan boshqa soxalar bo‘yicha agrotexnika tadbirlarining unum bo‘lganligi aholini birlamchi qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan taminlashdagi qiyinchiliklar paxta yakkahokimligining asoratidir. Ayni paytda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, unga paxtachilik bilan birga g‘allachilik, kanopchilik, mevachilik, uzumchilik, sabzavot va polizchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik sohalari kiradi. Mazkur tarmoq ham bug‘doychilik, arpachilik, makkajo‘xorichilik, chorvachilikning qo‘ychiligida qoramolchilik, hisori qo‘ychilik va ho.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling