Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 1-mа
Download 30.49 Kb.
|
1-MAVZU. MAKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1-MAVZU. MAKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. 1-mаsаlа 1. Quyida “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli keltirilgan Quyidagi jadvalda keltirilgan raqamlarda ifodalangan nomlarni toping.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Makroiqtisodiyot fani predmetining o’ziga xos xususiyati nimada va u mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi? 2. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering. 3. Makroiqtisodiyot sub’ektlari orasida davlatning ro’li qanday? 4. Agregat ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat ko’rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi? 5. Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering. 6. Zahiralarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar va oqimlarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar o’rtasida qanday bog’liqliklar mavjud? 7. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda“daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering. 8. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari qanday? 9. Makroiqtisodiy siyosatning muhim vazifalari nimalardan iborat? 10. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy shakllarini aytib bering Keys 1.1. Makroiqtisodiy siyosat maqsadlari. Makroiqtisodiy maqsadlar turlicha bo’lsada, ular o’rtasida ma’lum bog’liqliklar mavjud. Ayrim turdagi maqsadlar bir birlarini to’ldirishlari mumkin bo’lib, bir turdagi maqsadga erishish ikkinchi turdagi maqsadga erishishga sabab bo’lishi mumkin.Ammo yana bir tur maqsadlar borki, bunda asosan bir maqsadga erishishda ikkinchi maqsad to’sqinlik qiladi. Fillips egri chizig’iga asosan, inflyatsiya sharoitida narxlar darajasini barqarorlashtirishga erishish maqsadi to’la bandlikka erishish maqsadiga qisqa muddatli davrda eid keladi, chunki inflyatsiyaning o’sish sur’ati qisqa muddatli davrda nerxlarning o’sishiga olib keladi. Savollar: 1.Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi nima? 2.Makroiqtisodiy siyosatning bir birini to’ldiruvchi maqsadlariga misol keltiring. Keys 1.2. Iqtisodiyotda pozitiv va normativ yondashuvlar Pozitiv tahlil D.Keyns tomonidan aniqlanib, ”tizimli bilimlar majmui sifatida mavjud voqelikka borligicha baho berish, normativ tahlilda voqelikka qaysi sharoitlar yoki jixatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, xarakatning aniq yo’nalishini”. M.Fridmanning fikricha normativ tahlil va san’at pozitiv tahlilga nisbatan mustaqil bo’lishi mumkin emas. Har qanday siyosiy natija u yoki bu voqelikka asoslanib oldindan belgilangan xarakat aniq yoki noaniq bo’lsin, pozitiv nazariyaga tayanadi. Savollar: 1. Mikroiqtisodiy tahlil bilimlariga tayanib, normativ va pozitiv taxlilga misollar keltiring 2. Pozitiv va normativ tahlilning bir biriga bog’liqligini tushuntiring. Download 30.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling