Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish


Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 177.54 Kb.
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi177.54 Kb.
#1611758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51

1.Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari.
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi. 
Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amaliy ro‘yobga chiqarish doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. 
Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti.Xususan,  birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat. Buning ustiga, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha lozim darajada tashabbus ko‘rsatilmayapti; 

Download 177.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling