Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish
-rasm. 2020-yil asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha Oltiariq tumanining viloyatda tutgan o’rni6
Download 177.54 Kb.
|
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish 7
- 2017-yil O’sish sur’ati 2018-yil
- Xizmatlar-jami 244,3 102,1 251,1
1-rasm. 2020-yil asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha Oltiariq tumanining viloyatda tutgan o’rni6
Oltiariq tumani sanoat sohasida viloyatdagi 16 ta tuman orasida 13-o’rinda turadi. Tumanning asosiy rivojlangan sohasi bu-qishloq xo’jaligi sohasidir va buni viloyatdagi o’rni orqali ham bilish mumkin. Chunki tuman qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha viloyatda yetakchidir. Investitsiyalar bo’yicha 7-o’rin va qurilish ishlari bo’yicha 9-o’rinda turadi. 4-jadval Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish7 (mlrd.so’m), (% da).
Oltiariq tumanidagi xizmatlar sohasining so’nggi 4-yilligini ko’radigan bo’lsak, har bir xizmatlar yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Hozirda har bir chekka-chekka tumanlarda aloqa va axborotlashtirish xizmati juda katta yo’sinda rivojlantirilyapti, bu esa har bir qishloqlarga aloqa sifatini yaxshilash imkonini yaratyapti. Transport xizmati so’nggi 5-yilda juda katta o’sishga erishdi. Nafaqat avtotransport xizmatlar balki yuk transport xizmati juda katta o’sishga erishdi. Tumandagi qishloq xo’jalik mahsuloti eksportini katta qismini shu tumandagi yuk transport xizmati olib boradi. Bundan tashqari ta’lim sohasida ham, savdo xizmatlarida ham, sog’liqni saqlash xizzmatlari va boshqa xizmatlarda ham samarali ishlar olib borilmoqda. Oltiariq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ko’rganimizda, qishloq xo’jaliklari iqtisodiyotiga to’xtalib o’tishimiz lozim bo’ladi. Chunki, tumanning asosiy eksporti bu uzumchilik yo’nalishi bo’ladi. Tuman uzum yetishtirish bo’yicha respublikada 1-o’rinda turadi. 2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oltiariq tumanida 54 276 tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan uzum hajmidagi ulushi 30,2 foizni tashkil etdi. Yetishtirilgan uzum hajmining 92,3 foizi dexqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Tumanda yetishtirilgan uzumning 16 273,9 tonnasi yoki 30,0 foizi xorijiy davlatlarga eksport qilindi. Uzum eksportining qiymati 15,2 mln. AQSH dollariga to‘g‘ri keldi. Endi esa tumanning tashqi savdo aylanmasini ko’ramiz. Oltiariq tumanining 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida tashqi savdo aylanmasi 93 559,2 ming AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (99 646,1 ming AQSH dollari) nisbatan 6 086,9 ming AQSH dollarga kamaygan. Oltiariq tumani bo‘yicha 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida 59 ta korxona tomonidan (o‘tgan yilning mos davrida 71 ta korxona) jami 68 071,5 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar (tovar, xizmatlar) xorijiy davlatlarga eskport qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga (74 121,7 ming AQSH dollari) nisbatan 91,8 foizni tashkil etgan. Eksport xajmining 3 572,6 ming AQSH dollari (5,2 foizi) sanoat mahsulotlari, 60 537,6 ming AQSH dollari (88,9 foiz) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda 3 961,3 ming AQSH dollari (5,9 foizi) boshqa turdagi mahsulotlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, xisobot davrida 48 ta korxona tomonidan 55 436,0 ming AQSH dollari qiymatidagi xududiy eksport amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (61 946,6 ming AQSH dollari) nisbatan 89,5 foizni tashkil etdi. Oltiariq tumani bo‘yicha 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida 72 ta korxona tomonidan (o‘tgan yilning mos davrida 105 ta korxona) jami 25 487,6 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar (tovar, xizmatlar) xorijiy davlatlardan import qilingan bo‘lib, import xajmi o‘tgan yilning mos davriga (25 524,4 ming AQSH dollari) nisbatan 82,4 foizni tashkil etgan. Hisobot davrida xorijiy davlatlardan import qilingan 25 487,6 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar (tovar, xizmatlar)ning 6 565,9 ming AQSH dollari so‘mi yoki 25,8 foizi mashina va uskunalar hisobiga, 11 025,3 ming AQSH dollari yoki 43,3 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga, 1 843,1 ming AQSH dollari yoki 7,2 foizi nooziq-ovqat xom-ashyo hisobiga, 2 436,4 ming AQSH dollari yoki 9,6 foizi kimyoviy mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlardan tayyorlangan buyumlar hisobiga hamda 3 616,9 ming AQSH dollari yoki 14,1 foizi boshqa mahsulotlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Download 177.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling