1. Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha
Investitsiyalar maqbulligini asoslashda qo„llaniladigan ko„rsatkichlar
bizni ziddiyatli xulosalarga olib keladi.Barcha mezonlarga ko„ra
investitsiyalarning yuqori daromadli bo„lishi kamdan-kam uchraydigan
holdir. Buning ustiga bitta investitsiya loyihasining o„zi bir ko„rsatkich
(masalan -IRR) bo„yicha o„zaro farq qiluvchi bir necha miqdorlarga ega
bo„lishi mumkin. Shu sabab bu mavzuda tahliliy ma‟lumotlar ziddiyatli
bo„lgan holatlarda (ayniqsa raqobatlashuvchi investitsiyalar sharoitida)
qanday qilib investitsion qarorlar qabul qilish to„risida fikr yuritamiz.
Investitsiya loyihalari o„rtasida raqobat ikki sababga ko„ra yuzaga
keladi:
Birinchidan, noiqtisodiy harakterdagi sabablarga ko„ra ikki loyiha bir-
birini inkor etadi.
Ikkinchidan, byudjetning cheklanganligi sababli ham investitsiyalar
o„zaro raqobatlashuvchi bo„lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |