4. Xarajatlarga ko„ra samaradorlikni baholash usuli
Amaliyotda
pul
tushumlarini
ta‟minlamaydigan
loyihalarni
baholashga duch kelishimiz mumkin. Masalan, xizmat binosini yoritish
uchun kunduzgi yoritish lampalaridan yoki boshqa turdagi yoritish
vositalaridan birini tanlash vazifasi turganda shunday holat yuzaga keladi.
Bunda firma ma‟lum bir vaqt davomida kam xarajat talab etadigan yoritish
loyihasini tanlaydi.
Agar biz turli xizmat davrlariga ega loyihalarga duch kelsak, hamda
baholanayotgan faoliyatni davom ettirish uchun qayta moliyalash ko„zda
tutilsa, yuqorida ko„rib chiqilgan ekvivalent annuitetni aniqlash usulidan
foydalaniladi. Bunda ekvivalent annuitet – EAS-yillik ekvivalent
xarajatlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |