~ 97 ~
yoki uni yangilash kerakmi degan savolga javob topishdir. Agar firma
asbob-uskunalarni remont qilsa bu yangi sotib olishdan ko„ra kam pul
chiqimini ta‟minlaydi, lekin shuni unutmaslik kerakki, eski asbob-
uskunalarning yaroqlilik muddati yangilarinikidan kam bo„ladi. Bunday
holda avvalambor remont qilishga mo„ljallangan asbob-uskunalar qanaqa
xarajatlarni talab qilishini aniqlab olish kerak. Bu xarajatlarga remont
sarflari bilan birga eski uskunalarni sotishdan kelishi mumkin bo„lgan boy
berilgan foyda, ya‟ni likvidatsiya qiymati xam kiritiladi. Tahlilni
ekvivalent annuitet yoki yillik ekvivalent xarajatlarni taqqoslash asosida
olib borish mumkin.