Makroiqtisodiyot
Investitsiya loyihalarni tanlashda moliyaviy-iqtisodiy
Download 462.48 Kb.
|
Makroiqtisodiyot
1. Investitsiya loyihalarni tanlashda moliyaviy-iqtisodiy
baholashning roli Har qanday turkumdagi loyihalarni baholashda lohixadan olinadan naf aniqlanadi. Ular pul va pul bulmagan manfatdorlik bo„lishi mumkin. Avvalo pul ko„rinishidagi manfatlarni hisoblash uslublarini ko„rib o„taylik. Buning uchun investitsiya loyihalariga murojat etamiz. ~ 54 ~
Moliyalashtirish manbalari markazlashgan va markazlashmagan manbalarga ham bo„linadi. Markazlashgan manbalarga byudjetdan moliyalashtirish, davlatning byudjetidan tashqari va banklarning markazlashtirilgan mablag„lari, davlat tomonidan olingan xorijiy investitsiyalar kiradi. Markazlashmagan manbalar: korxona resusrlari, tijorat banklari kreditlari, aholi resurslari, davlat kafolati bo„yicha olingan to„g„ridan to„g„ri xorijiy kriditlar va investitsiyalar hamda to„g„ridan- to„g„ri olingan xorijiy investitsiyalardir. Real aktivlarga mablag„ sarf qilishning maqbul variantlarini tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy - moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari ijobiy bo„lgani holda ham quyidagi shartlarni ta‟minlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi: 1. tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa; 2. loyihani mablag„ bilan ta‟minlaydigan investor o„rtacha foyda meyoridan kam bo„lmagan rentabelikka erishmasa; 3. investor uchun ma‟qul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa. Investitsiyalar aniq maqsadli loyihalarga, ma‟lum talablar va shartlar asosida, tahliliy xulosalar asosida beriladi. Xulosalr aniq ko‟rsatkichlarni tahlil qilish asosida beriladi. Buning uchun loyihalarni samaradorligi, undan olinadigan naflarni xisoblashni bilish shart. Shuningdek tahlil qilish metodologiyasini, analitik fikrlash, qiyosiy tahlil qilish usullarini bilish zarurdir. Investitsiya loyihalari tahlili diskontlash nazariyasi bilan bevosita bog‟liq. Download 462.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling