Investitsiya loyihalarini asoslab berish va tahlil qilishning asosini
bugun qilinadigan (joriy) xarajatlar bilan kelgusida olinadigan pul
tushumlari (pul oqimlari)ni taqqoslash tashkil etadi. Bu vazifani bajarishga
annuitetning joriy qiymatini aniqlashni ko„zda tutuvchi yondashuv juda
yordam beradi. Bu yondashuv asosida bugun qo„yilgan mablag„lar
kelgusidagi tushumlar bilan qanchalik qoplanishini etarli darajada aniq
hisoblab topish mumkin (4.2-jadval).