Makroiqtisodiyot


-rasm. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlari, foizda


Download 281.5 Kb.
bet4/6
Sana09.01.2022
Hajmi281.5 Kb.
#261109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu ma`ruza Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1.2-rasm. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlari, foizda2


1.3-rasm. Mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash amalga oshirish yo‘nalishlari3
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 649 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirish belgilanmoqda (1.3-rasm).

Xususan, 2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd dollarga teng 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, jumladan meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida qiymati 147,0 mln.dollarga teng 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha qiymati 217 mln.dollarga teng 6 ta loyiha, kimyoviy ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25,0 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirigsh bo‘yicha 342 mln.dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 mln.dollarlik 9 ta loyiha, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 mln. dollar qiymatga teng 7 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘ytcha 151 mln.dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to‘qimachilik va tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 mln.dollarlik 15 loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida hududlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish yo‘nalishi muhim o‘rin tutadi (1.4-rasm). Bunda:

Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning inoovatsion texnoparklarini tashkil etish;

Kichik sanoat zonalarini tashkil etish;



Ishsizlik darajasi yuqori hududlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

1.4-rasm. Tarmoq va sohalar bo‘yicha ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar4
Mazkur loyihalarining to‘lig‘icha va izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlarda bandlik darajasi ko‘tariladi, hududning salohiyati ortadi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling