Makroiqtisodiyot


O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish


Download 281.5 Kb.
bet3/6
Sana09.01.2022
Hajmi281.5 Kb.
#261109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu ma`ruza Makroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1.4. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishdi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o‘sish darajasida o‘rtacha sur’atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan e’tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.

Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyoti so‘nggi yillarda ham yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etdi. Xususan, 2015 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014 yilga nisbatan 7,9 foizni, 2016 yil yakuni 2015 yilga nisbatan 6,2 foizni, 2017 yil yakuni 2016 yilga nisbatan 5,2 foizni tashkil etdi (1.2-rasm).



2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.




Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling