Makromedia flash dasturida animatsiya yaratish uchun avvalo bu dasturni ishga tushirib olamiz: Biz tayyorlamoqchi bo’lgan animatsiya quyidagi komponentalardan iborat: Birinchi uning orqa fonini rangini belgilab olAMIZ:
Buning uchun “ Background” punkti orqali xohlagan rangni tanlaymiz. Men ko’k rangni tanladim.
Keyin yaratmoqchi bo’lgan animatsiyamizga kerakli bo’lgan shakllarni tanlab olamiz:
Rangini tanlaymiz
Yulduzchalarni hosil qilib olamiz.
Uchburchak shaklidan foydalanib tog’larni chizib olamiz.
Endi animatsiya jarayonini boshlaymiz. U quyidagi ketma-ketlikni o’z ichiga oladi:
1. Bitta yulduzchani “Selection tool” komponentasi yordamida belgilaymiz.
2. Belgilangan yulduzchani 1-kadr orqali animatsiya hosil qilinishini ko’ramiz.
Keyin “Modify” bo’limidan “Convert to symbol” buyrug’ini bosamiz va natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Endi yana harakatlantirmoqchi bo’lgan yulduzimizni tanlab, 1-kadrni hosil qilish uchun sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, “Insert Keyframe” punktini tanlaymiz. Har bitta jarayon shu ketma-ketlikni bajargan tarzda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |