Makrosporagenez va makrogameitigenez


Download 1.8 Mb.
bet4/7
Sana26.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1724459
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ

Arxesporiy. Urug‘kurtak rivojlanishining dastlabki bosqichlarida epidermis ostidagi nutsellusning markaziy qismida uning atrofidagi boshqa hujayralardan ancha kattaligi va quyuq sitoplazmaga egaligi bilan farqlanadigan bir yoki bir nechta hujayra, birlamchi arxesporiy, soddaroq aytganda arxesporial hujayralar hosil bo‘ladi.

rasm Urug‘chi arxesporiyasining tiplari (sxemasi).
Arxesporiylar bir, ikki, va ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Arxesporial hujayralarning soni va ularning keyingi rivojlanib borishiga ko‘ra uning oltita tipi farqlanadi (rasm).

  1. tip. Arxesporial hujayralar ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ularning har biri ikkiga bo‘linib qoplovchi-epidermis tomonga qaragan, ikkinchisi sporogen-nutsellusga qaragan ikkita hujayrani hosil qiladi. Qoplovchi, hujayralar yana bir necha marta bo‘linadi, sporogen hujayralar makrosporaning (makrosporotsitning) onalik hujayralarini hosil qiladi.

  2. tip. Bitta arxesporiy hujayra tabaqalashadi, u bo‘linib qoplovchi (o‘rovchi) va sporogen hujayrani hosil qiladi. Qoplovchi hujayra bir necha marta bo‘linadi. Sporogen hujayra makrosporaning onalik hujayrasiga aylanadi.

  3. tip. Bitta arxesporial hujayra tabaqalashadi, u bo‘linib qoplovchi va sporogen hujayralarni hosil qiladi. Qoplovchi hujayra keyinchalik bo‘linmaydi, sporogen hujayra makrosporaning onalik hujayrasiga aylanadi.

  4. tip. Bitta arxesporial hujayra tabaqalashadi, u bevosita makrosporaning onalik hujayrasiga aylanadi.

  5. tip. Bir necha arxesporial hujayralar tabaqalashib, makrosporaning onalik hujayralariga aylanadi.

  6. tip. Bitta arxesporial hujayra tabaqalashadi, u murtak xaltaning onalik hujayrasiga aylanadi.

Hozirgi kunda arxesporiyning evolyutsiyasi nutsellus evolyutsiyasi kabi asta-sekinlik bilan reduksiyalanib borgan deb hisoblanadi. Arxesporiydagi reduksiya ikkita yo‘nalishda: bir tomondan arxesporiy hujayralarini sonini kamayishi; ikkinchi tomondan hujayralar bo‘linish sonining birlamchi arxesporial hujayradan murtak xaltaning onalik hujayrasi hosil bo‘lishigacha bo‘lgan davrni qisqarishi ya’ni qoplovchi hujayralarning hosil bo‘lishining cheklanishi, va arxesporial hujayraning bevosita makrosporotsitning onalik hujayralariga aylanishi hatto, murtak xaltaning onalik hujayrasini hosil qiladi. Arxesporiyning reduksiyasi nutsellus reduksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, odatda tenuinutsellyat urug‘kurtaklarda bitta arxesporiy hosil bo‘ladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling