Makrosporagenez va makrogameitigenez
Download 1.8 Mb.
|
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murtak xaltalarning klassifikatsiya tiplari
- PLANSETA TIPLARI
MAKROSPORAGENEZ VA MAKROGAMEITIGENEZ Reja:
makrosporagenez va makrogameitigenez Urug‘kurtak tuzilishi Makrosporani shakllanishi Urug‘chi gametofitning rivojlanishi Murtak xaltalarning klassifikatsiya tiplari Onalik gametofitning tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar XIX asrning o‘rtalarida Gofmeystr (1849) tadqiqotlaridan keyin paydo bo‘lgan. U birinchi marta yopiq urug‘li o‘simliklardagi urug‘kurtakning tuzilishini tavsiflab bergan. Urug‘kurtakning morfologiyasi, evolyutsiyasi, shakllanishi va kelib chiqishiga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar mavjud (Y.S.Modilevskiy,1963; I.D.Romanov 1971; YE.N.Gerasimova-Navashin 1971; V.A.Poddubnaya –Arnoldi 1973; M.I.Savchenko 1973; va boshq). Bu asarlarda ham onalik gametofitining rivojlanish tiplari haqida ko‘plab har xil tassavurlar aytilgan. XX asrning o‘rtalariga kelib urug‘chi gametofitini o‘rganishda elektron mikroskopik (V.Rodkiewicz, 1973; J.Godineau 1971; W.Jonsen 1972; A.Chebotar 1972 va boshq.), gistokimyoviy (N.Singer,1958; N.Singer, V.A.Poddubnaya Arnoldi,1959 va boshq.) va sitokimyoviy (V.I.Fursov, 1964; V.P.Bannikova, O.A.Xvedinich, O.V.Ovsyannikova, 1978 va boshq.) usullardan foydalangan holda tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlarda urug‘kurtakning asosiy elementlarini nozik tuzilishi, vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Urug‘kurtak o‘zining rivojlanishida bir qator murakkab tuzilishdagi morfologik va sitokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Urug‘kurtak ontogenezining boshlanishi I.D.Romanov (1971) fikricha, makrosporotsitning rivojlanishidagi tabaqalashuvidan boshlanib makrosporogenez jarayoni va gametofitni rivojlanishi uzluksiz jarayon hisoblanadi. PLANSETA TIPLARIUrug‘chi yopiq urug‘li o‘simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning markaziy qismida joylashadi. Guldagi urug‘chilar to‘plami ginetsey deb ataladi. Urug‘chilar bir yoki bir necha shakli o‘zgargan mevabargcha yoki karpellalardan hosil bo‘lgan. Urug‘chi uch qismdan tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Urug‘chining asosiy qismi tuguncha bo‘lib, uning ichki qismida o‘simlik turiga qarab turli sonda urug‘kurtaklar hosil bo‘ladi va rivojlanadi, ularning har birini ichida murtak xalta, boshqacha aytganda onalik gametofiti tabaqalashib yuzaga kelishi ro‘y beradi. Urug‘kurtaklar tuguncha devoriga birikkan joy platsenta deb ataladi. Plansetalar klassifaksiyasi A.L.Taxtadjiyan (1948) tomonidan batafsil yoritilgan bo‘lib, u platsentalarni ikkita yuza va chetki platsentalarga ajratadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling