Maksadga muvofikdir


Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish


Download 360.88 Kb.
bet12/15
Sana26.01.2023
Hajmi360.88 Kb.
#1124092
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Gulshan opa qiziga - копия

Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi etib kelgunga qadar ko‘rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:

  1. Tok ta’siridan qutqarish;

  2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

Tok ta’siridan qutqarish bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usul, bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda kuchlanishi 1000 V dan past bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining quruq joyidan ushlab tortib, tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin.
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi.
Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’siridan hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish, hamda sof havo kelishini ta’minlash zarur.
SHu bilan birga shart-sharoit mavjud bo‘lsa, nashatir spirtni hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashib qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Agar klinik o‘lim holati yuz bersa, sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirishga amal qilinadigan qoidalar
SHikastlangan kishi mutlaqo nafas olmayogan bo‘lsa yoki o‘lim oldidagidek sust, siyrak va o‘qtin-o‘qtin nafas olayotgan bo‘lsa yoki uning nafas olishi asta-sekin yomonlashib borayotgan bo‘lsagina, unga sun’iy nafas oldirish kerak.
SHikastlangan kishini tok ta’siridan qutqarilishi bilanoq, sun’iy nafas oldirishni boshlash va samarali natija berguncha (shikastlangan kishining nafas olishi rostlanguncha) yoki o‘limning shubhasiz belgilari ko‘ringuncha (qotib qolish, murda dog‘lari singari belgilar paydo bo‘lguncha) davom ettirish zarur.
Tok ta’siridan shikastlanib o‘likdek yotgan kishilarni bir necha soatdan keyin ham hayotga qaytarish hodisalari ko‘p kuzatilgan.
Sun’iy nafas oldirganda shikastlangan kishining yuziga qarab turish lozim. Agar u lablarining yoki qovoqlarini qimirlatsa yoki yutinsa, uning o‘zi mustaqil nafas olishini tekshirib ko‘rish zarur. SHikastlangan kishi mustaqil, bir tekis nafas ola boshlagandan keyin, sun’iy nafas oldirishni to‘xtatish lozim, aks holda sun’iy nafas oldirish zarar qilishi mumkin. Agar bir necha lahza kutib turgandan keyin ham shikastlangan kishi mustaqil nafas olavermasa, o‘sha zahoti sun’iy nafas oldirishni yana davom ettirish zarur.
Sun’iy nafas berishga kirishishdan oldin, quyidagi choralarni ko‘rish lozim:
- ortiqcha vaqt sarf qilmay shikastlangan kishining nafas olishiga xalaqit beradigan kiyimlarini bo‘shatish, yoqasining tugmalarini echish, sharfini ochish, shimining tugmalarini echib bo‘shatish lozim va h.k.;
- shikastlangan kishining og‘zida protez tish yoki boshqa yot jismlar bo‘lsa, bularni ham tezda olib tashlash lozim;
- agar shikastlangan kishining og‘zi qattiq yopilgan bo‘lsa, pastki jag‘ini oldinga tortib ochish kerak. Pastki jag‘ni ko‘tarib, bir oz oldinga tortish uchun ikkala qo‘lning to‘rttala barmog‘ini pastki jag‘ burchaklarining orqasiga qo‘yiladi, boshmaldoqlar esa jag‘ning ikkala chetiga bosiladi va pastki jag‘ oldingi tishlari yuqoriga, oldingi tishlarning oldiga chiqadigan qilib suriladi;
- agar shikastlangan kishining og‘zini shu yo‘l bilan ochib bo‘lmasa, uning keyingi o‘zak tishlar orasiga taxtacha, metall plastinka yoki qoshiq dastasi va hokazolarni tishlarga zarar etkazmay tiqib, og‘izni sekin ochish kerak Jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqarib olgan zahoti uning holatini aniqlab, so‘ngra sun’iy nafas oldirishni boshlash kerak. Sun’iy nafas oldirish "og‘izdan-og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishiga o‘z o‘pkasini toza havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishining og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu toza havoni yuboriladi. Kishi o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o‘pkasini ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi. Havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshonasi aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan og‘zidan tortib, og‘zini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqda keltiriladi. SHundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishining og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan jarohatlangan kishining og‘zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitishi kerak
Bir daqiqada taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelgunicha va uning nafas olishiga moslab davom ettiriladi.
YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishi ko‘krak qafasini tana og‘irligi bilan ma’lum miqdordagi kuchni moslab bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi (5-rasm).
Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir kishi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi lozim. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligini, uning pulsini tekshirib bilsa bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi muolajalarni 2-3 sekundga to‘xtalib, puls sanab ko‘riladi.

Download 360.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling