10 ball – juda yuqori, 8 – 9 ball – yuqori, 4 – 7 ball – o’rta, 2 – 3 ball –
56
stud.vыssh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr
VLADOS, 1999. – Kn. Z. 68 – 70 betlar.)
«Belgilarni qo’y» metodikasi
Mazkur metodika maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko’chishi va
taqsimlanishini tashxis qilishda qo’llanishi mumkin.
Metodika materiali: geometrik figuralar ko’rsatilgan jadval.
Metodikaning o’tkazish vaqti: 2 daqiqa.
Metodikaning qo’llanilishi: bola jadval yuqorisidagi geometrik shakllar –
kvadrat, uchburchak, aylana va rombning ichidagi belgilarni jadvaldagi barcha
kvadrat, uchburchak, aylana va romblar ichiga qo’yib chiqishi kerak.
Natijalarni qayta ishlash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
0. 5 SHm – 2 8. Xm
Dkt =
120
Dkt – diqqat ko’chuvchanligi va taqsimlanganligining ko’rsatkichi;
SHm – 2 daqiqa ichida ko’rib chiqilgan va ichiga tegishli belgi qo’yilgan
geometrik shakllar miqdori;
Xm – topshiriqni bajarish davomida yo’l qo’yilgan xatolar miqdori.
Eslatma: tegishli belgilarning tegishli shakl ichiga qo’yilmagani yoki
tegishli shakl ichiga umuman belgi qo’yilmagani xato bo’lib hisoblanadi.