Psixolog mutaxassisligi uchun kerakli termin va iboralarning
qisqacha ma’nosi
Akmeologiya fani – taraqqiyotning eng gullagan cho’qqisini o’rganuvchi fan
Adaptatsiya - turli qo’zg’atuvchilar va psixologik muhitga moslashish
Afaziya – nutqning buzilishi
Abuliya - irodaning zaiflashishi
Diqqat – ongning bir ob’ektga qaratilishi
Idrok - predmet va hodisalarni yaxlit aks ettirish
Muomala – kishilarning bir-biriga nimanidir aytish istagi
Sezgi – ayrim xossalarni aks ettirish
Xotira –esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayoni
Tafakkur – narsa va hodisalarni umumlashtirib, vositali aks ettirish
Xayol – fantaziya, obrazli aks ettirish
Iroda – qiyinchiliklarni yenga olish, qat’iyatlilik
Hissiyot – ruhiy kechinmalarni boshdan kechirish, emotsiya
Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan
tushuncha bo’lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e’tiborsizlik, o’z-o’zini
tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo’llaniladi.
Melanxolik - temperament tipi, tez ta’sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida,
chuqur qayg’uradigan kishilar.
Psixologik takt – nazokat, odob, me’yorni his qilish.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi,
harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig’indisi.
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o’zgarishga moyil,
muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini
ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig’indisi.
O’smirlik davri – o’tish, qiyin davr, balog’atga yetish.
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror,
sekin harakat qiladigan kishilar.
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o’zgarib turuvchi kayfiyat,
muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.
Xarakter – o’zgarmas individual xususiyatlar yig’indisi, inson tabiati
Qobiliyat – tug’ma yoki hayot davomida orttiriladigan xususiyat, layoqat, talant,
iste’dod.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |