Maktab aprel Pardayev,Yorbekov


Download 247.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi247.54 Kb.
#1433666
Bog'liq
1-maktab



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida maktab,kollej hamda
texnikumlarda qurilish fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish
maqsadida tashkil etilgan tadbir
B A Y O N N O M A S I
2023-yil 17-aprel
Yangiyer shahar
Qatnashdilar:
Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli
Yangiyer shaxar 1- maktab direktori,
Kimyo fani o‘qituvchisi Mashrabov B,
11-sinf o‘quvchilari, hamda Toshkent
kimyo-texnologiya instituti Yangiyer
filiali stajor-o‘qituvchisi, T.Pardayev
va A.Yorbekov
Kun tartibi
1. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablarga
metodik yordam
ko‘rsatish.
2. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablar bilan uzviy hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish.
Ma’lumki, 2021-yilning 4-aprel kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev
rahbarligida xalq ta’limini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar
ijrosini muhokama qilish hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan
ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq ta’limini yanada yaxshilash borasidagi topshiriqlar bilan bir
qatorda Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga o‘ziga biriktirilgan
maktablar bilan hamkorlik o‘rnatish, ularda ma’naviy muhitni tubdan yaxshilash
bo‘yicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqish, o‘quvchilarni yoshligidan
o‘zining mahallasi va qishlog‘i hayotiga befarq bo‘lmaslik hamda Vatanga
muhabbat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish kabi qator maqsadlarni o‘z ichiga
olgan mas’uliyatli vazifalar belgilab berildi.
Shu bois, joriy yilning 17-aprel
kuni ushbu dolzarb vazifalar ijrosini
ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali,


,,Kimyo-texnologiyasi’’
kafedrasi
stajor-o‘qituvchilari
A.Yorbekov va
T.Pardayevlar tomonidan Yangiyer shahridagi 1-umumta’lim maktabida ,,Ochiq
dars’’, master-klass
tashkil etildi. Unda har ikkala tomon kafedra va maktab
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ushbu maktab o‘quvchilarning bilim va tafakkurini
kengaytirishda o‘z hissalarini qo‘shish, hamkorlik yo‘lida turli ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamfikrlikda bo‘lish rejalashtirildi.
Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida, xususan, texnikum va maktablarimizni
bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas.
Chunki har ikki ta’lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq: bir-birini
to‘ldiradi va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Shuning uchun endilikda fakultetning professor-o‘qituvchilari ushbu
maktabda dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qilib boradi, uning natijalariga muvofiq
maktab
o‘qituvchilarida aniqlangan kamchilik va bo‘shliqlarni kamaytirish ,
metodik yordam berish maqsadida mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil
etadi. Maktabda asosiy e’tibor bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga
kirishlari uchun ko‘maklashish va kasbga o‘rgatish, ikkinchi tomondan,
tahsil
olayotgan o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunarga
yo‘naltirish,
iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratiladi.
Shu bois, kafedra va maktab o‘rtasida
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi.
QAROR QISMI :
1. 1.TKTIYangiyer Filiali professot-o’qituvchilar jamoasi tomonidan berigan
axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.“2022-2023 o’quv yiliga maktab
bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish”
mavzusidagi master klass o’tilganligi qayd qilinsin.
3.“2022-2023 o’quv yiliga
maktab
bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish”
mavzusidagi master klass bo’yicha taqdimot barcha qatnashuvchilar uchun qabul
qilinsin.


4. “Ochiq eshiklar kuni” ning rejasini tuzish va tashkilashtirish
O’IBDO’
Xabibov A.ga zimmasiga yuklatilsin.
66
Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli
Yangiyer shaxar
1-sonli umumta’lim maktabi :
Sh.Aslanova


Download 247.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling