Maktab aprel Pardayev,Yorbekov
Download 247.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli Yangiyer shaxar 1- maktab direktori, Kimyo fani o‘qituvchisi Mashrabov B, 11-sinf o‘quvchilari, hamda Toshkent
- 1. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablarga metodik yordam ko‘rsatish. 2. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablar bilan uzviy hamkorlikni
- O’IBDO’ Xabibov A.ga zimmasiga yuklatilsin. 66 Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli Yangiyer shaxar 1-sonli umumta’lim maktabi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida maktab,kollej hamda texnikumlarda qurilish fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tadbir B A Y O N N O M A S I 2023-yil 17-aprel Yangiyer shahar Qatnashdilar: Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli Yangiyer shaxar 1- maktab direktori, Kimyo fani o‘qituvchisi Mashrabov B, 11-sinf o‘quvchilari, hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali stajor-o‘qituvchisi, T.Pardayev va A.Yorbekov Kun tartibi 1. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablarga metodik yordam ko‘rsatish. 2. Professional ta’lim yurtlariga hamda maktablar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ma’lumki, 2021-yilning 4-aprel kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalq ta’limini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xalq ta’limini yanada yaxshilash borasidagi topshiriqlar bilan bir qatorda Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga o‘ziga biriktirilgan maktablar bilan hamkorlik o‘rnatish, ularda ma’naviy muhitni tubdan yaxshilash bo‘yicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqish, o‘quvchilarni yoshligidan o‘zining mahallasi va qishlog‘i hayotiga befarq bo‘lmaslik hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish kabi qator maqsadlarni o‘z ichiga olgan mas’uliyatli vazifalar belgilab berildi. Shu bois, joriy yilning 17-aprel kuni ushbu dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, ,,Kimyo-texnologiyasi’’ kafedrasi stajor-o‘qituvchilari A.Yorbekov va T.Pardayevlar tomonidan Yangiyer shahridagi 1-umumta’lim maktabida ,,Ochiq dars’’, master-klass tashkil etildi. Unda har ikkala tomon kafedra va maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ushbu maktab o‘quvchilarning bilim va tafakkurini kengaytirishda o‘z hissalarini qo‘shish, hamkorlik yo‘lida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamfikrlikda bo‘lish rejalashtirildi. Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida, xususan, texnikum va maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalarining ham jalb etilayotgani bejiz emas. Chunki har ikki ta’lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq: bir-birini to‘ldiradi va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun endilikda fakultetning professor-o‘qituvchilari ushbu maktabda dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qilib boradi, uning natijalariga muvofiq maktab o‘qituvchilarida aniqlangan kamchilik va bo‘shliqlarni kamaytirish , metodik yordam berish maqsadida mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etadi. Maktabda asosiy e’tibor bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun ko‘maklashish va kasbga o‘rgatish, ikkinchi tomondan, tahsil olayotgan o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunarga yo‘naltirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratiladi. Shu bois, kafedra va maktab o‘rtasida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi. QAROR QISMI : 1. 1.TKTIYangiyer Filiali professot-o’qituvchilar jamoasi tomonidan berigan axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.“2022-2023 o’quv yiliga maktab bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish” mavzusidagi master klass o’tilganligi qayd qilinsin. 3.“2022-2023 o’quv yiliga maktab bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish” mavzusidagi master klass bo’yicha taqdimot barcha qatnashuvchilar uchun qabul qilinsin. 4. “Ochiq eshiklar kuni” ning rejasini tuzish va tashkilashtirish O’IBDO’ Xabibov A.ga zimmasiga yuklatilsin. 66 Sirdaryo viloyati XTB ga qarashli Yangiyer shaxar 1-sonli umumta’lim maktabi : Sh.Aslanova Download 247.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling