Maktab darsliklari asosida tuzilgan kimyо fanidan testlar


Download 9.41 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi9.41 Kb.
#1226203
Bog'liq
Test


MAKTAB DARSLIKLARI ASOSIDA TUZILGAN KIMYО FANIDAN TESTLAR.
1. Faqat metall elementlardan tashkil topgan qatorni aniqlang. A) azot, oltintugurt, bor, fosfor B) rubidiy, stronsiy, xlor, titan С) azot, uglerod, kalsiy, kremniy D) berilliy, alyuminiy, kobalt, rux
2. Oddiy moddalarni tanlang. 1) muz; 2) temir; 3) bor; 4) azot; 5) ozon; 6) fosfin; 7) karbin; 8) olmos; 9) quruq muz; 10) bertole tuzi; A) 2,4,5,8,10 B) 1,3,6,8,10 C) 2,4,5,7,8 D) 1,3,5,7,9
3. Qaysi elementlarda allotropiya hodisasi uchraydi? 1) azot 2) uglerod 3) bor 4) fosfor 5) kislorod 6) xlor 7) temir 8) qalay 9) kremniy 10) vodorod A) 2,4,5,8 B) 2,5,7 C) 2,4,8,10 D) 1,4,5,9
4. Quyidagilarning qaysi biri toʼgri maʼnoni anglatadi? A) chumoli atomi B) ozon molekulasi C) havo molekulasi D) sirka atomi
5. Quyidagi hodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli? A) suvning bugʼlanishi, qoʼrgʼoshinning suyuqlanishi B) suvning elektrolizi, yogʼning sovuqda qotishi C) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, ammoniy tuzlarning sublimatlanishi D) oq qogʼozga suvsiz sulfat kislota tomizish
6. Geksaxlor oltingugurt molar massasini (g/mol) aniqlang. A) 300 B) 245 C) 237 D) 240
7. Qaldiroq gazning molar massasini (g/mol) aniqlang. A) 100 B) 36 C) 46 D) 29
8. 23,2 g WO3 2,24 litr (n.sh.) vodorod bilan reaksiyaga kirishganda necha g WO3 ortib qoladi? A) 15,47 B) 16 C) 16,35 D) 13,25
9. 3 mol oltingugurt (IV) oksid va 3 mol karbonat kislotadagi atomlar sonining nisbatini toping? A) 1:1,5 B) 1:1 C) 1:2 D) 1:2,5
10. 0,06 mol XCl3 birikmasi 8,25 gramm bolsa, X elementning atom massasini toping. A) 31 B) 197 C) 52 D) 56
11. 350 ml (n.sh.) fosfor bugi 0,97 g kelsa, bugidagi fosfor molekulalarining tarkibi qanday boladi? A) P2 B) P C) P6 D) P4
12. NaNO2 + KMnO4 + H2SO4 = NaNO3 + MnSO4 + H2O ushbu reaksiyada kaliy permanganatning ekvivalenti massasini (g/mol) qanday? A) 158 B) 31,6 C) 79 D) 22,57
13. Glauber tuzi deb ataladigan tuz Na2SO4•nH2O tarkibida natriyning massa ulushi 16% ga teng. Bu tuz tarkibida necha mol suv bor? A) 6 B) 8 C) 10 D) 12
14. 6,4 g kislorod massasi 16,0 g bolgan element bilan birikib EO tarkibli oksid hosil qilgan bolsa, elementni aniqlang. A) magniy B) bariy C) kalsiy D) stronsiy
15. Tarkibida 10% qoshimchalari bolgan 50 g ohaktoshdan qancha massa karbonat angidrid olish mumkin? A) 5 B) 5,6 C) 10 D) 19,8
Download 9.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling