Maktab direktori U. Musayeva


Download 13.11 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi13.11 Kb.
#1073510
Bog'liq
tavsifnoma Muminov Temur


Samarqand viloyati Payariq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Muminov Temur Kobiljon o‘g‘liga
T A V S I F N O M A
Muminov Temur Kobiljon o‘g‘li 1994-yil 3-dekabr Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy.
Muminov Temur Kobiljon o‘g‘li 2019-yil noyabr oyidan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tarix fani o‘qituvchisi sifatida dars berish uchun ishga qabul qilingan. Maktabda ishlash faoliyati davomida o‘zini yaxshi fazilatlari bilan namoyon bo‘ldi va o‘zining namunali xulqi, bilim salohiyati bilan o‘quvchilar mehrini qozondi. Oxirgi yillarda maktabda namunali o‘qituvchi sifatida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimida faoliyat ko‘rsatgan.
U xulq-atvori jihatidan og‘irtabiat, qiziquvchan, atrofidagilarga va jamoadoshlariga mehribon, talabchan, o‘zgalar mehnatini qadrlaydigan shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatdi.
Muminov Temur Kobiljon o‘g‘li maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarning va jamoat ishlarining faol ishtirokchisi sifatida maktab jamoasi oldida ham hurmat qozondi.
Maktab ma’muriyati Muminov Temur Kobiljon o‘g‘li kelajakda Vatanimizning sodiq farzandi sifatida uning ravnaqi uchun munosib xizmat qilishiga ishonadi.

Maktab direktori U.Musayeva
Download 13.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling