Qòshimcha ma' lumotlar
Òsha kòchada oq tunukalar bilan òralgan Samarqand darvoza mahallasining ichkarisida millatimizning buyuk adibi, qahramoni Abdulla Qodiriyning hovlisi bor.
Bilasiz, bir qator kòchalar, boģlar, maktablar, kutubxona, mahalla va oliy bilimgohlar uning tabarruk nomi bilan yuritiladi.
Ammo uning uyi hali hamon muzeyga aylantirilmagan, xuddi Qodiriyning òzidek sodda va kamtar.
Hovlida Qodiriyning ilhom avjida yozgan asarlari-yu, millat ģamida yonib, iztirobda òtkazgan kunlariga guvoh buyumlar saqlanadi.
Uyda meni buyuk adibimizning nabiralari yuz-kòzlari Qodiriyga òxshab ketuvchi Irfon aka kutib oldilar.
Uy tomon kirarkanmiz Irfon aka eshikni ochib, «Mana shu eshikdan 1937- yil 31 dekabr buvamni olib chiqib ketishgan va shu bòyi qaytib kelmaganlar. Tòqqiz oylik qamoqdagi sòroq-tergov, qiynoq xòrlikdan sòng, u qatl ettirilgan»- deydi
Abdulla Qodiriy Ijodi
TÒY
Qildi bu vaqt bizda javlon tòy,
Oqchasi yòqni etdi hayron tòy.
Bir biridan oshurdilar tòyni,
Topdi ravnaq, hayratilla boyon tòy.
Besh kun tòyni sòngidin
Ketibon mulklar bois fiġon tòy.
Boyon tòyiġa yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon tòy.
Ey ġaniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizġa Qur'on tòy.
Mundayin ishlar shar'imizda yòq
Kori maj'us, kori shayton tòy.
Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yòlamas aslo ahli vijdon tòy.
Òtsa tòy birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerġa yakson tòy.
AHVOLIMIZ
Kòr bizning ahvolimiz, ġaflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan choġida vijdonni pulġa sotamiz.
Òġlimizġa na adab, na fan, na yaxshi sòylamak,
Na xudoni buyruġi bulgan ulum òrgotamiz.
Korimiz shundan iborat bòldi ushbu vaqtda,
Òntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha kòknori chekib,
Bachchaġa kokil solib, oh-voh ila òynotamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |