Maktab ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan ishlar Maktab direktori buyrug‘ining namunasi


Download 16.95 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1681233
Bog'liq
2D


Maktab ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan ishlar
Maktab direktori buyrug‘ining namunasi


Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan
o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish bo‘yicha
ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktabrda 2722-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risida”gi Nizom, Xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2023 yil ____ avgustdagi __________-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va 2023-2024 o‘quv yilida tashkil etiladigan logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish bo‘yicha ishchi guruhini tuzish maqsadida buyuraman.


1. Xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2023 yil ____ avgustdagi __________-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, guruhning ish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruhiga:
- boshlang‘ich 1-4-sinf o‘quvchilarining ro‘yxatini sinflar kesimida shakllantirish;
- guruhning ish jadvali asosida sinf rahbarlari ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilgan holda nutqida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash;
- sinflar kesimida nutqida nuqsoni aniqlangan o‘quvchilarni ro‘yxatini shakllantirish hamda 15 sentabrga qadar xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Direktor B.Elmuratov





Maktab shtampi


_______________ xalq ta’limi bo‘limiga


Sizning 2023 yil “___” avgustdagi


__________-sonli xatingizga

2023-2024 o‘quv yilida tumanda tashkil etiladigan logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish bo‘yicha maktabda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan nutq nuqsonlari aniqlangan 1-4-sinf o‘quvchilarining ro‘yxati ilovaga muvofiq yuborilmoqda.


Ilova ___ varaqda, ___ nushada.


Maktab direktori B.Elmuratov
Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling