Maktab menejmenti kafedrasi
Moliyaviy resursni shakllantirish va taqsimlashda moliya bozorning ahamiyati
Download 152.06 Kb.
|
3.KURS ISHI HAYDARALI Yormatov
2.2. Moliyaviy resursni shakllantirish va taqsimlashda moliya bozorning ahamiyati
Moliya resurslari - iqtisodiy subʼyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi. Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x.isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi.7 Moliyaning ijtimoiy himoya funksiyasi, ayniqsa, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yorqin namoyon bo‘ladi.Iqtisodiy axborot berish funksiyasi—xo‘jalik subyektlari va jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma'lumot va xabarlar berib turishdan iborat bo'lib, iqtisodiyotni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy holat moliyada o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar orqali ishlab chiqarishning qanday borayotganini kuzatish mumkin. Moliyaviy fondlar harakatiga qarab, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol bir-biriga naqadar monandligini, ular orasidagi mutanosiblikni bilish mumkin. Korxonava tashkilotlaming moliyaviy holatiga qarab, ularning xo'jalik faoliyatini yaxshi yoki yomon ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Moliyaviy axborotlarga qarab tadbirkorlar o‘z ishining borishi, o‘z sheriklarining ahvoli, raqobatchilar imkonidan ogoh bo‘ladilar.Moliya o‘z funksiyalarini aniq moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Xarajatlar, amortizatsiya, foyda, aksiya kursi, dividend, soliqlar, to'lovlar, boj haqi, sug'urta haqi, subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar shular jumlasiga kiradi. Ular ayni vaqtda moliya resurslarini tashkil qiladi va xo‘jalik yuritiivchi subyektlarning xo'jalik — moliya faoliyatiga ta'sir etish omillari bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, dividend miqdorining oshib borishi o‘z aksiyasini chiqargan korxona moliyaviy ahvolining yaxshiligidan darak beradi, natijada aksiya kursi oshadi, korxonaga tashqaridan pul oqib kela boshlaydi.Moliya resurslari pul manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Amortizatsiya fondi va foydadan ajratilgan pul mablag'lari investitsiya uchun xizmat qiladi, ularni ko'paytirish ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish demakdir. Moliyaviy rcsurslar orasida foyda muhim o'rin tutadi, chunki u sof daromad sifatida iqtisodiy o‘sish manbayi bo‘Iib xizmat qiladi. Uning hisobidan nafaqat investitsiya fondi, balki har xil rezerv va sug'urta fondlari, shuningdek, ijtimoiy fondlar tashkil etiladi.Moliya resurslari iqtisodiyotni kutilmagan hodisalardan, masalan, tabiiy ofatlar, falokatlardan yoki jahon bozori narxining pasayib ketishidan himoya qiladi. Moliyaviy resurslar pul shaklida bo'lib, bu pullar iqtisodiyotga amaliy ta'sir etishi uchun, albatta, moddiy jihatdan ta'minlanishi kerak, ya'ni to'plangan pul ortida kerakli moddiy mahsulotlar bo‘lishi shart. Aks holda ular pulligicha (qog'ozligicha) qolib, ishlab chiqarishga naf keltirmaydi. Moliyaviy resurslar ikki turda bo‘ladi: birinchisi—mikroresurslar yoki markazlashmagan resurslardir. Ular korxona, firma, kompaniya, konsern, tashkilot, jam oat uyushm alari va boshqa xo‘jalik subyektlarining o‘ziga tegishli yoki ular qarzga olgan pul mablag‘laridan iborat. Ikkinchisi — makroresurslarbo'lib, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet hisobidan yoki budjetdan tashqari fondlar hisobidan paydo bo'ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar korxona, tashkilot faoliyatiga xizm at qilsa, m akroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo'naltiriladi. Bozor iqtisodiyotida mikroresurslar birlamchi (ustuvorlik) mavqega ega bo'ladi, chunki iqtisodiy faoliyat erkinligi sharoitida xo'jalikning dastlabki bo‘g‘ini bo'lgan korxona, firma, kompaniya va xo‘jaliklar moliyasi iqtisodiy o'sish tayanchi hisoblanadi. Ammo makroresurslar iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi va davlatning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi tufayli iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish usullari ham turlichadir. Birinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘zini o‘zi moliyalashtiradi. Ular o‘z sarf-xarajatlarini o‘zlarining pullari bilan qoplaydilar. Ikkinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘z mablag'lari yetishmasa, qilingan sarf-xarajatlami bank krediti hisobidan qoplaydilar. Uchinchidan, subyektlar faoliyati uchun pul mablag‘lari zarur bo‘lgan hollarda davlat hisobidan ham bunday mablag‘Iar ajratiladi. Davlat budjetidagi yoki budjetdan tashqari tashkil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilotlar va muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalashtiriladi. Ammo bu bozor iqtisodiyotida ikkilamchi usul hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag'larining erkin harakati talab etiladi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo'jalik doirasida pul mablag'lari erkin harakatining maxsus shaklidir. U tarkiban qimmatbaho qog'ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat bo'ladi. Qarz puli tabiatan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni ko'zlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa pul shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy to'lov yoki xarid vositasi vazifasini bajaradi. Davlat o'z qo'lidagi moliya resurslaridan foydalanib, budjetdan moliyalashtirish, dotatsiya berish, soliqlardan ozod qilish, soliqlarni vengillashtirish orqali iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatadi. Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish lozimki, moliya munosabatlarini takomillashtira borish va uni boshqarish iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish moliyaviy ahvolni sog'lomlashtirib, bank tizimini qayta qurishni birinchi galdagi choratadbirlar sifatida kun tartibiga qo'ydi. Shu munosabat bilan moliyaviy bozorni shakllantirish va rivojlantirib borish obyektiv jarayonga aylandi. Bu jarayonning muvaffaqiyati bank sohasidagi marketing rivojiga, turli banklar va ularning mijozlari o'rtasida qaror topadigan o‘zaro munosabatlarga, shuningdek, bank xizmatlari bozorining shakllanishiga, banklarning foizlar siyosati va boshqa xildagi faoliyatiga ko‘p darajada bog‘liqdir.8 XULOSA Moliya bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh pul mablag'larini jalb qilish, taqsimlash, sotish va ulardan samarali foydalanish, shuningdek ushbu mablag'larni korxona va tashkilotlar kapitaliga aylantirish uchun iqtisodiy munosabatlar majmui. Moliya bozori quyidagi funktsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan: - omonatlarni investitsiyalarga aylantirish; - moliyaviy aktivlarning bozor qiymatini baholash; - moliyaviy aktivlarning likvidligini ta'minlash; - moliyaviy aktivlarni almashish uchun infratuzilmani yaratish; - qaltisliklarni sug'urtalash. Moliya bozorining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish maqsadida investorlardan pul jalb qilishdir. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat organlarining tartibga solish va nazorat qilish faoliyatisiz moliya bozorining samarali ishlashi mumkin emas. Moliya bozorini (ayniqsa qimmatli qog'ozlar bozorini) shakllantirish sharoitida bunday tuzilmalarning ishlashi alohida ahamiyatga ega. Milliy moliya bozori beshta asosiy segmentdan iborat: kredit bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valyuta bozori, sug'urta bozori va qimmatbaho metallar bozori. Umuman olganda, moliya bozori murakkab tuzilishga ega. Moliyaviy bozordagi asosiy ishtirokchilar moliyaviy aktivlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar hisoblanadi. Moliya bozorida yordamchi funktsiyalarni amalga oshiradigan ishtirokchilar uning infratuzilmasining ko'plab sub'ektlari tomonidan taqdim etiladi. Moliya bozori infratuzilmasi - bu o'z faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uning bevosita ishtirokchilariga xizmat ko'rsatadigan muassasalar va korxonalar majmui. Download 152.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling