Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Ganjayeva Z


Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi


Download 0.53 Mb.
bet41/84
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#236250
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
11 huquq ishlanma

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.“Konstitutsiyaviy kafolat” degan tushunchaning mazniun-mohiyatini tushuntirib bering.

2.O‘zbekistonda inson huquqlarining qanday qo‘shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan?

3.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, qolaversa, ularning burchlari ham belgilab berilgan. Ko‘pchilikka ma’lum bir haqiqat mavjud: “Xuddi huquqlarsiz burchlar bo‘lmagani kabi burchlarsiz huquqlar ham bo‘lmaydi”.

Buni hayotning o‘zi tasdiqlaydi. Jamiyatda yashab, o‘ziga o‘xshaganlar bilan muomala qilar ekan, inson mutlaq erkin bo‘la olmaydi, atrofdagi odamlrni inobatga olmasligining iloji ham yo‘q.

Bu prinsip har bir fuqaroga taalluqlidir hamda mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlardan bo‘yin tovlashga hech kim haqli emasligini anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (11-bob) fuqarolar­ning quyidagi burchlarini nazarda tutadi:

-Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish (48-modda);

-O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash (49-modda);

-atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish (50-modda);

-qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash (51- modda);

-o‘z mamlakatining himoyachisi bo‘lish, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash (52-modda).

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling