Uyga berilgan vazifa savol javob orqali aniqlanadi:
1.Jamoat birlashmalarining davlat organlaridan asosiy farqlarini ayting.
2.Ozbekiston Respublikasida mavjud jamoat birlashmalari turlari nomlarini sanang.
3.Jamoat birlashmalari qaysi prinsiplarda tuziladi va faoliyat korsatadi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Kishilar hayotida turli-tuman muammolar mavjuddir. Ana shu muammolardan ayrimlarini odamning ozi, boshqalarni esa faqatgina ozgalar bilan uyushgan holda hal etish mumkin. Masalan, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bogliq bolgan muammolar - tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, kredit olish, soliqqa tortish, tashqi bozorga chiqish muammolarini hal qilish uchun tadbirkorlar uyushmasi tuziladi. Shuningdek, boshqa guruhlar: pensionerlar, imkoniyati cheklanganlar, yoshlar, oqituvchilar, shifokorlar va hokazolar ham oz muammolarini hal qilish maqsadida uyushadilar.
Siyosiy partiyalarning vakillari dasturlar ishlab chiqib, ularda yuqorida aytib otilgan guruhlar manfaatlarini inobatga olgan holda oz maqsad va vazifalarini belgilaydilar hamda qollab-quvvatlashlariga erishish uchun ular ortasida targibot ishlarini yuritadilar. Pensionerlar, yoshlar, fermerlar va ayollar guruhlari ozlariga xos bolgan muammolarni aniqlaydilar. Xosh, siyosiy partiyaning ozi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |