III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Lotinchadan tarjima qilganda prezident sozi oldinda o'tiruvchi, yani davlat boshligi manosini anglatadi. Jahondagi kopchilik mamlakatlarda prezidentlik boshqaruvi shakli mavjud ekanligi ham prezident lavozimining mavqeyidan dalolat berib turibdi. Ozbekistonda prezident lavozimi 1990-yil 24-martda joriy etilgan.
Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Ozbekiston Respublikasida davlat boshligidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlaydi. (89-modda).
Davlat boshligining asosiy vazifasi - hokimiyatning barcha tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan mamlakat sobitqadam va barqaror rivojlanishini ta’minlashdir. Prezidentning О‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimidagi alohida o‘rni ham ana shu narsa bilan izohlanadi.
О‘zbekiston Respublikasida Prezident davlat rahbari sanaladi. Shunga muvofiq Ozbekistonni prezidentlik boshqaruvi shakliga ega unitar respublika tariqasida tavsiflash mumkin.
Davlat boshligi parlament deputatlari tomonidan saylanadigan parlament respublikasidan farqli ravishda prezidentlik boshqaruvi shaklida xalq tomonidan yoki saylovchilar vakillari tomonidan saylanadi va deputatlar tor guruhidan emas, balki aholining keng qatlamlaridan vakolatlar oladi.
Prezident saylovi Konstitutsiya va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunga asosan umumiy, teng va togridan togri saylash huquqi negizida yashirin ovoz berish yoli bilan amalga oshiriladi. Ayni paytda prezidentlikka nomzodga nisbatan alohida talablar qoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |