Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: T. O’ralov


III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni


Download 0.59 Mb.
bet6/10
Sana05.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Chiqaraman11-Huquq kanspekt tayyor


III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Ushbu jinoyatning obyekti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ishlayotgan shaxslarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda nafaqat doimiy, shu bilan birga vaqtincha ishlayotgan shaxslar ham jabrlanuvchi bo‘lishlari mumkin.

Jinoyat obyektiv tomondan o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lgan:

Î texnika xavfsizligi;

Î sanoat sanitariyasi;

Î mehnatni muhofaza qiluvchi boshqa qoidalarning buzilishidan iboratdir.

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi tushuniladi.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi
Subyektiv tomondan jinoyat aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir etiladi.

Jinoyatni sodir etish motivi va undan ko‘zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.



Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki

epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish

Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘idir.

Obyektiv tomondan jinoyat odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan:

Î sanitariyaga oid qonun hujjatlarini;

Î epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishda ifodalanadi.

Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etiladi.


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

2. Ommaviy kasallanish deganda nimalar nazarda tutiladi? Fikringizni tasdiqlash uchun misollar keltiring.

3. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining subyektiv tomonlarini tushuntiring.

4. Mehnatni muhofaza qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini, epidemiyaga qarshi kurash,

yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari qanday hollarda qasddan sodir etilgan

hisoblanadi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.


VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.




Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov ___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Klaster, Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangilklarni e’lon qilish.


II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?

2. Ommaviy kasallanish deganda nimalar nazarda tutiladi? Fikringizni tasdiqlash uchun misollar keltiring.

3. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining subyektiv tomonlarini tushuntiring.

4. Mehnatni muhofaza qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini, epidemiyaga qarshi kurash,

yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari qanday hollarda qasddan sodir etilgan

hisoblanadi?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Axborotdan erkin foydalanish huquqi

Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan biror bir tarmog‘i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan

hozirgi dunyoda fuqarolarning yangi sharoitlarga moslashishlariga ko‘maklashish, ularga bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, hodisalar to‘g‘risida axborot berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlari o‘rtasida samarali munosabatlar

tizimini o‘rnatishga sharoit yaratishda, eng avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish bilan

bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot nafaqat muayyan ma’lumotlardan iborat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balkisubyektning o‘zi o‘rganayotgan obyekt bilan o‘zaro aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim. XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi. Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda»,

«qancha», degan so‘zlar bilan boshlanuvchi savollarga javob ko‘rinishida ifoda etiladi.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi insonning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday axborotni olish, saqlash, tarqatish, yangilash mumkin bo‘lgan harakatlarning fundamental hamda kompleks huquqidir. Tabiiyki, bunday holat boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkazmasligi zarur.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasidan
Axborotlashtirish qoidalarini buzish

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etgan holda, uning asosiy mazmunini bir qancha normalarda belgilab beradi. Lekin ba’zida berilgan huquqdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida ham huquqiy

javobgarliklar kelib chiqadi. Masalan, kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxs tomonidan ushbu tizimdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo‘qolsa, to‘sib qo‘yilsa, kompyuter uskunasining ishi buzilsa, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish esa jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi

tartibini buzish deganda nimani tushundingiz?

2. Berilgan rasmlarda axborot turlari ifodalangan. Ulardan qaysilari qonun tomonidan

himoyalanadi?

3. Axborotlarni ijobiy va salbiylarga ajratish mumkinmi? Fikringizni asoslang.

4. Axborot xavfsizligi masalasi va globallashish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

5. Axborot «huruji»dan siz qanday himoyalangansiz?

6. Oilangizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar himoya qilinishi shart deb hisoblaysizmi? Nima uchun?

7. Sizga bir tanishingizdan xat keldi. Xatni olganingizda konvert kim tomonidandir ochilganligini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutar edingiz?

8. Sizga kimdandir xat kelibdi. Lekin pochtachi manzilni adashtirib xatni sizning pochta qutingizda qoldiribdi. Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.


VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Nazorat ishi

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, bo’r.

D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

Test sinovi:

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining I bo’limi necha bobdan iborat?

A)I bobdan. B)IV bobdan. S)III bobdan. D)II bobdan.



2.O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi necha moddadan iborat?

A)248 moddadan. B)247 moddadan. S)258 moddadan. D)238 moddadan.



3.O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i to’g’risidagi Qonun nechanchi yilda qabul qilingan?

A)1990-yilda. B)1991-yilda. S)1992-yilda. D)1993-yilda.



4.O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi necha moddadan iborat?

A)125 moddadan. B)126 moddadan. S)127 moddadan. D)128 moddadan.



5.O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi nechanchi yilda qabul qilingan?

A)1992-yilda. B)1991-yilda. S)1993-yilda. D)1994-yilda.



6.O’zbekistonda Qonun chiqaruvchi hokimiyat nima deb ataladi?

________________________________________________________________________________



7.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida necha nafar deputat mavjud?

________________________________________________________________________________



8.O’zbekistonda 1991-yil 1-noyabrda tashkil etilgan partiya nomini ayting.

________________________________________________________________________________



9.O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat nima deb ataladi?

________________________________________________________________________________



10.Davlatning o’z ichki hayotida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligi nima deb ataladi?

________________________________________________________________________________


JAVOBLAR:


1.B

2.D

3.B

4.D

5.A

6.Oliy Majlis.

7.150 ta.

8.Xalq Demokratik partiyasi (XDP).

9.Vazirlar Mahkamasi.

10.Suverenitet.


Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.



Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov ___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Takrorlash

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’tilgan mavzular haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangiliklarni e’lon qilish.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi

tartibini buzish deganda nimani tushundingiz?

2. Berilgan rasmlarda axborot turlari ifodalangan. Ulardan qaysilari qonun tomonidan

himoyalanadi?

3. Axborotlarni ijobiy va salbiylarga ajratish mumkinmi? Fikringizni asoslang.

4. Axborot xavfsizligi masalasi va globallashish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

5. Axborot «huruji»dan siz qanday himoyalangansiz?

6. Oilangizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar himoya qilinishi shart deb hisoblaysizmi? Nima uchun?

7. Sizga bir tanishingizdan xat keldi. Xatni olganingizda konvert kim tomonidandir ochilganligini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutar edingiz?


III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Asosiy Qonunimiz konstitutsiyaviy tuzum asoslarini mustahkamlagan holda O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda respublika sudlari tomonidan amalga oshirilishini belgilab bergan. Davlat hokimiyatining oliy organlari esa joylardagi hokimiyat organlarini shakllantiradi. O‘zbekistonda davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin. Korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning faoliyati boshqaruv funksiyasi berib qo‘yilgan ichki organlar doirasida ham olib boriladi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish

jinoyatining obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari hisoblanadi.



Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Ushbu jinoyatning obyekti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ishlayotgan shaxslarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda nafaqat doimiy, shu bilan birga vaqtincha ishlayotgan shaxslar ham jabrlanuvchi bo‘lishlari mumkin.

Jinoyat obyektiv tomondan o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lgan:

Î texnika xavfsizligi;

Î sanoat sanitariyasi;

Î mehnatni muhofaza qiluvchi boshqa qoidalarning buzilishidan iboratdir.

Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi tushuniladi.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Nima uchun konstitutsiyaviy huquq normalari bilan oila jamiyatning negizi deb e’tirof etiladi?

2.Oila-nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering.
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.


VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov ___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga O’zbekistondagi moliya-kredit tizimi haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Klaster, Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangiliklarni e’lon qilish.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Nima uchun konstitutsiyaviy huquq normalari bilan oila jamiyatning negizi deb e’tirof etiladi?

2.Oila-nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering.

3.Kishilar qanday maqsadlarda siyosiy partiyalarga va harakatlarga uyushadilar?

4.Ko‘ppartiyaviylikning mavjudligi mamlakatda demokratiya rivojlanishiga qay tariqa ijobiy ta’sir o‘tkazadi?

5.Davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasida qanday partiyalar tuzilishi taqiqlangan?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling