Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: T. O’ralov


Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni


Download 0.59 Mb.
bet3/10
Sana05.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Chiqaraman11-Huquq kanspekt tayyor


Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Nikohni tegishli tartibda qayd ettirmasdan turib, er-xotin bo‘lib yashash ularning mulkini er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir. Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro‘yxatidan yoki boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilinmagan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishini ham nazarda tutishi mumkin. Notarial shakl shartnomaning ishonchliligini anglatadi, taraflarning o‘zaro munosabatlariga aniq-ravshanlik

kiritadi, nikoh shartnomasi tuzilganligi fakti va uning mazmuni bo‘yicha nizolar vujudga kelishi imkoniyatini istisno etadi. Nikoh shartnomasini tasdiqlashdan oldin notarius yuridik faktlarning zaruriy tarkibini tekshiradi. U tomonlarning shaxsi, huquq layoqati, muomala layoqatini, ularning biridan ikkinchisiga o‘tayotgan Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash uning qonuniyligini kafolatlaydi.

Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari ariza berilgan kundan uch oy o‘tgandan keyin ajralishni rasmiylashtiradi

va ularga nikohdan ajralish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi. Shu vaqtdan boshlab nikoh tugallangan hisoblanadi va sobiq er-xotin yangi nikohdan o‘tish huquqini oladi. Uch oylik muddat er-xotinning yarashib ketishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida belgilanadi.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1. Nikoh shartnomasini fuqarolik huquqidagi boshqa shartnomalar bilan taqqoslang va nikoh

shartnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan hamda kiritilishi mumkin bo‘lmagan shartlarning o‘zaro farqini tahlil qiling.

2. Nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr nazarda tutiladimi?

3. Nikohni tegishli tartibda qayd qilmay turib er-xotin bo‘lish mumkinmi?

4. Nima uchun nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi zarur bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga jinoyat va jinoyat huquqi sohasi haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangiliklarni e’lon qilish.

II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1. Nikoh shartnomasini fuqarolik huquqidagi boshqa shartnomalar bilan taqqoslang va nikoh

shartnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan hamda kiritilishi mumkin bo‘lmagan shartlarning o‘zaro farqini tahlil qiling.

2. Nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr nazarda tutiladimi?

3. Nikohni tegishli tartibda qayd qilmay turib er-xotin bo‘lish mumkinmi?

4. Nima uchun nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi zarur bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi

Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini

o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda

umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsiplarining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So‘ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni ijro etish, jazo-dan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan prinsiplar aks ettirilgan.

Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. Jinoyat huquqiga oid ko‘rsatmalarni qo‘llash vakolatlariga ega bo‘lgan davlat idoralarining mansabdor shaxslariga normativ prinsiplarning ta’siri ularning faoliyatida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va talabchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi. Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlikosoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va da vlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda

Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyatlarning oldini olish kiradi. Ushbu vazifalar jinoyat huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toifadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini bajarish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: javobgarlik asoslari va prinsiplarini aniqlash; jinoyat toifasiga kiritilgan qilmishlar doirasini aniqlash; jinoiy jazo choralarini

tayinlash; jazodan tashqari huquqiy ta’sir choralarini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi

prinsiplariga asoslanadi.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1. Aybsizlik prezumpsiyasi nima? Fikringizni asoslang.

2. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplarini tushuntiring.

3. Jinoyat qonun hujjatlarining asosiy vazifalari nimadan iborat?

4. Jinoiy huquq normalari o‘z mazmuniga ko‘ra necha qismga bo‘linadi va ularning vazifalari

nimalardan iborat?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’rolov ___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Jinoyat belgilari.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga jinoyat belgilari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Suhbat, Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangiliklarni e’lon qlish.

II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1. Aybsizlik prezumpsiyasi nima? Fikringizni asoslang.

2. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplarini tushuntiring.

3. Jinoyat qonun hujjatlarining asosiy vazifalari nimadan iborat?

4. Jinoiy huquq normalari o‘z mazmuniga ko‘ra necha qismga bo‘linadi va ularning vazifalari

nimalardan iborat?




III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir. Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs

uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi. Jinoyatning qonunga xilofligi uning yuridik huquqiy belgisidir. Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan shaxsning aybdor deb topilishi jinoyatning muhim belgilaridan biridir. Shundagina unga nisbatan jinoiy jazo qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish faqat qonundako‘rsatilgan jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda,

ya’ni uning tarkibi aniqlanganida jinoyat deb topiladi. Jinoyat tarkibi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisidir. Jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari

o‘rtasida o‘zaro aloqa va uzviy bog‘liqlik mavjud.

Jinoyat tarkibi tuzilishi bo‘yicha to‘rt elementdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon. Obyektiv, ya’ni tashqi belgilar jinoyatning obyekti va obyektiv tomonini ta’riflaydi. Subyektiv (ichki) belgilar jinoyatning subyekti va subyektiv tomonini aniqlaydi.

Har bir belgi boshqalari bilan birgalikda mavjud va ajralmas bir butunlikning zaruriy qismini tashkil qiladi.

Jinoyat tarkibining birinchi elementi jinoyat obyektidir. Bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, jinoiy tajovuzlar shularga qaratiladi. Qasddan odam o‘ldirishda jinoyat obyekti boshqa shaxsning hayoti, o‘g‘rilikda esa o‘zgalar mulki

bo‘ladi va hokazo.

Jinoyat kodeksiga binoan ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.

Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi jinoyatning obyektiv tomonidir. Jinoyatning obyektiv tomonini atrof muhitda biron muayyan o‘zgarishga olib keladigan va sabab bo‘ladigan shaxsning aqliy va irodaviy xatti-harakati tashkil qiladi. Ushbu elementning zaruriy belgisi qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Qilmish orqali jinoyat sodir etiladi.

Jinoyat tarkibining uchinchi elementi jinoyat subyekti, ya’ni jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsdir. Jinoyat subyekti faqat qilmish uchun javob bera oladigan, ya’ni jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan ma’lum yoshga yetgan va aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin.

Jinoyat tarkibining to‘rtinchi elementi jinoyatning subyektiv tomonidir. Jinoyatning subyektiv tomoni shaxsning sodir etayotgan jinoyatiga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Subyektiv tomon belgilariga ayb, motiv va maqsad kiradi. Jinoyat tarkibi deb topilishi uchun ko‘rsatib o‘tilgan to‘rtta elementning barchasi mavjud bo‘lishi shart. Umumiy jinoyat tarkibida barcha belgilar asosiy va fakultativ belgilarga ajratiladi. Jinoyat — jazoga loyiq qilmish. Shunga ko‘ra, qilmishning jinoyat sifatidagi eng muhim belgisi uning jazoga loyiqligidir. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

1) obyekti;

2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati;

3) g‘ayriqonuniylik ko‘rinishi.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?

2. Jinoyat belgilarini tushuntirib bering.

3. Aybli qilmish deganda nimani tushunasiz?

4. To‘g‘ri va egri qasd deganda nimani tushundingiz?

5. Quyida berilgan vaziyatlarda jinoyat alomatlari bormi? Ulardan qaysi biri ehtiyotsizlik

oqibatida sodir etilgan?

1) Noma’lum shaxs eshigi ochiq holda qoldirilgan VAZ-21099 avtomashinasini haydab qochgan.

2) Bir qiz ishdan qaytayotgan paytda noma’lum shaxs qo‘lidagi sumkani yulib olib qochgan. Sumka ichida esa oziq-ovqatlar va uyali telefon bo‘lgan.

3) Xususiy korxonaga qarashli ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida habar kelib tushgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida xususiy korxona ishchisining jasadi topilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikasi jalb etilgan.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.




Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: T.O’ralov. ___________

Sana _______________ 201__-yil 11-sinf. Davlat va huquq asoslari. __ dars

Mavzu: Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga jinoiy javobgarlik va jazo tizimi haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

3 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

12 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.

d)yangiliklarni e’lon qilish

II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?

2. Jinoyat belgilarini tushuntirib bering.

3. Aybli qilmish deganda nimani tushunasiz?

4. To‘g‘ri va egri qasd deganda nimani tushundingiz?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Jinoyatni har doim aniq jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuning uchun ham jinoyat sodir etgan shaxs jinoyatning subyekti deb tan olinadi. Jinoyat subyektining yo‘qligi jinoyat tarkibi va jinoyatning o‘zi mavjud emasligini bildiradi. Jinoyatga oid qonunlarda subyektga nisbatan aybdor, mahkum, jinoyat sodir etgan shaxs, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxs kabi tushunchalar ishlatiladi. Yuridik shaxslar, ya’ni tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari jinoyat subyekti bo‘la olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy xavfli harakat davlat korxonasi, muassasa, tashkilot va jamoat birlashmalarida xizmat yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda sodir etilsa, mazkur vazifaga mas’ul bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar yoki boshqa xizmatchilar jinoyat subyektiga aylanadi.

Jinoyat subyektining aqli raso bo‘lishi shart, ya’ni u o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan bo‘lishi va ularni boshqara olishi shart. Aqli rasolik ayb va jinoiy javobgarlikning zaruriy shartidir. Faqat o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxslar, aybdorni tuzatish maqsadida, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Jinoiy oqibat deganda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida jinoiy- huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar (ziyon) yetkazish tushuniladi.

Jinoyat huquqiga oid munosabat bu jinoyat huquqi normalari orqali tartibga solinadigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs va davlat orasidagi munosabatdir.

Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy javobgarlik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Qonunda yosh chegarasi aniq tartibga solinganligi jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug‘ilgan yilini) to‘g‘ri belgilash zaruratini tug‘diradi. Bu zarurat Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd etilgan.

Jinoyat kodeksida mustahkamlangan fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prinsipning takrori bo‘lmay, balki uning joriy etilishidir. Jinoyat kodeksiga binoan ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyatda ishtirokchilik avvaldan til biriktirish, qasddan sodir etish

kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmagan yoki ehtiyotsizlik yoxud aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan shaxs sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling