16. A va B mulohazalar bir vaqtda rost va yolg‘on bo‘lganda rost, boshqa holatlarda yolg‘on bo‘lsa, bu munosabat … deyiladi.
ekvivalentsiya
XXX 17. A={x: x∈N, (x-1)(x2-4)(x+5)=0} va B={x: x∈Z, (x-2)(x3+1)(x+5)=0} to‘plamlar berilgan bo‘lsa, A va B to‘plamlarning simmetrik ayirmasini toping.
{-1;1}
18. Agar A to‘plamning har bir elementi B to‘plamning ham elementi bo‘lsa, u holda A to‘plam B to‘plamning … deyiladi.
qism to‘plami
19. Maktab oshxonasida oq non, qora non va 5 xil kolbasa bor. Ulardan necha xil buterbrod tayyorlash mumkin?
10
20. 4 ta oq, 3 ta qizil va 5 ta sariq atirgul bor. Oq va qizil rangli guldan iborat guldastani necha xil usulda tuzish mumkin?
12
21. Bir xil elementlardan tuzilgan to‘plamlar … deyiladi.
teng to‘plamlar
22. Stolda ona tili, algebra, geometriya, tarix va fizika darsliklari yotibdi. Sevara ularni kitob javoniga qoʻymoqchi. Bu darsliklar javonda jami necha xil usulda turishi mumkin?
120
23. Bir vaqtning o‘zida A to‘plamning ham, B to‘plamning ham elementlari bo‘lgan elementlar to‘plami A va B to‘plamlarning … deyiladi.
kesishmasi
24. 2 bilan tugaydigan 100 dan katta bo‘lmagan 2 xonali natural sonlar to‘plamining elementlar sonini aniqlang.
9
25. A juft sonlar to‘plami va B toq sonlar to‘plami berilgan bo‘lsa, A va B to‘plamlarning kesishmasini toping.
bo‘sh to‘plam
26. To‘plamni tashkil qiluvchi obyektlar, jismlar, sonlar va hokazolar to‘plamning … deyiladi.
elementlari
27. Agar N natural sonlar to‘plami va B juft sonlar to‘plami bo‘lsa, N va B to‘plamlarning kesishmasini toping.
barcha juft sonlar to‘plami
28. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh borgan yoʻlidan qaytmaslik sharti bilan jami necha usulda buloqqa borib kelishi mumkin?
30
Do'stlaringiz bilan baham: |