Maktab ta‘limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Birinchidan, islohotlarning ikkinchi bosqichida ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk insonlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish; Ikkinchidan
Download 416.04 Kb.
|
Tarbiya BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
Birinchidan, islohotlarning ikkinchi bosqichida ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk insonlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish; Ikkinchidan, halq xo‘jaligining barcha sohalarida ma’naviy poklikka to‘la erishish; Uchinchidan, milliy qadriyatlarni to‘la tiklash va shu asosida milliy iftixor tuyG‘ularini shakllantirish; To‘rtinchidan, O‘zbekiston mustaqilligini rivojlantirish va takomillashtirish ishlarida faol qatnashish, bu yo‘lda fidoyilik namularini ko‘rsatish; Beshinchidan, mustaqil jamiyat va uning taraqqiyoti uchun halol xizmat qilish. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligiga ishonch tuyg‘ularini tarbiyalash; Oltinchidan, mustaqil hukumatimiz chiqargan qaror va qonunlarga, Prezident Farmonlariga sodiq bo‘lish, qadrlash va amal qilishdan iboratdir.
Barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirishda quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish kutilgan samarani beradi: 1.SHaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki, ammo muhim insoniy sifatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish quvvatini hosil qiladi. Iroda vositasida shaxs olam va odamni, voqea va hodisalarning sabablarini anglab etadi, haqiqatni his qiladi va yaxshilik – yomonlik ta’sirlarida bardosh berish ko‘nikmasini hosil qiladi. SHaxs irodasi shakllantiriladi, u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. SHu ma’noda Irodani shaxs jamiyatning ongli individi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, buning aksi bo‘lgan irodasiz kishi esa ongsiz, mute va o‘zgalarga «qul» sifatida shakllanadi. 2. SHaxsni haqiqatgo‘y sifatida voyaga etkazish. Haqiqatgo‘ylik muhim ahloqiy qadiryat sifatida shaxsning ma’naviy ahloqiy qiyofasida muhim o‘rin tutadi. Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga turtki beradi. SHu ma’noda haqiqatgo‘ylik shaxsning xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir. 3. SHaxsni insonparvar sifatida voyaga etkazish. Insonparvarlik shaxs faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi va uni baholovchi muxim fazilatdir. SHaxs o‘z faoliyatida insonparvarlik fazilatini namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilg‘or kishisiga aylana olmaydi. Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida ma’anviy ahloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. CHunki jamiyatimiz demokratik qadriyatlarni qabul qilib borgan sari uning a’zolarini «tarbiyalash»ga bo‘lgan davogarlar ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, turli diniy oqimlar o‘zlarining mutaassibona, illyuzion xususiyatlarga boy tarbiya yo‘llarini tiqishtirishga urinishmoqda. Bunday sharoitda ma’naviy –ahloqiy tarbiya yo‘nalishlarini aniq belgilab olish dolzarb hisoblanadi. SHu ma’noda ma’naviy – ahloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Maqsadlilik. 2. Onglilik. 3. Samaradorlik. Download 416.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling