Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish shamda ularning mazmuni
Download 0.87 Mb.
|
GIMNASTIKA TAYYORGARLIK TURLARI NING O\'RNI
Past turnikda bir oyoq bilan siltanib, boshqa oyoq bilan turtki olib, aylanib kо‘tarilish. (Bu element ikkala oyoq bilan turtki olib, kuch bilan ham bajarilishi mumkin. Qizlar buni turli balandlikdagi bruslarning pastki qismida bajarishlari mumkin). Tikka turgan osilishdan, о‘ng oyoq orqada, uchida; о‘ng oyoqni oldinga siltab, tosni turnik atrofida aylanma harakatni davom ettirib, harakatni oyoqlar bilan tormozlab, yelka va boshni kо‘taring, harakatni, qomatni yaxshi tiklash bilan tugallanadi.
Dastlabki urinishlarni yordam bilan bajarish tavsiya qilinadi: turnik oldida yonbosh bilan turib, qо‘l kaftini yuqoriga qaratgan holda bel ostidan turtib, boshqa qо‘l bilan (bajaruvchining boshi pastga qaragan holda) – pastdan yelkasi ostidan tutib yordam berish. Harakat oxirida bir qо‘l bilan old tomondan yelka ostidan, boshqa qо‘l bilan – oyoqlari tagidan tizzaning yuqoriroq qismidan tutib yordam beriladi. Siltashlarni dastlab otda (kong‘), sо‘ngra past pereklanida о‘zlashtirib olgan mahqul. Bir oyoq bilan siltashlarni bajarishda qomatni tо‘g‘ri va muvozanatni saqlashga intilish, og‘irlik kuchini tayanch qо‘lga kо‘chirish uchun turnikdan bir qо‘l bilan turtki olish kerak. Shu bilan bir vaqtda yon tomonga erkin siltash bilan grif ustidan siltanib, yana uni qо‘l bilan ushlab olish kerak.
7-Mavzu: 1-9 sinflarda voleybol о‘yini texnikasi va taktikasini о‘rgatish metodikasi. Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda xalqning, yoshlarning jismoniy va mahnaviy kamoloti bilan о‘lchanadi. Ayni paytda xalqning jismoniy, intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish, bu borada tegishli zahiralarini shakllantirish XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda. Bu haqiqatni chuqur va har tomonlama idrok etib, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdan boshlab yurtimizda sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasini davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yо‘nalishlaridan biriga aylantirish, bu borada о‘ziga xos milliy tizim yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirdi. Ana shu maqsadda istiqlolning dastlabki yilidayoq “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola, sog‘lom nasl uchun kurash yо‘lida salmoqli qadamlar qо‘yildi. Birinchi davlat mukofotining “Sog‘lom avlod uchun” ordeni deb atalgani bu boradagi intilishlar qanchalik qathiy va uzoq maqsadlarni kо‘zlaganidan dalolat edi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling