Maktabda manaviyat marifat ishlarni rejalashtirish


Download 103.5 Kb.
bet6/7
Sana23.02.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1225955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABDA MANAVIYAT MARIFAT ISHLARNI REJALASHTIRISH

III.XULOSA


  1. Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyat ma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirishmushkul.

  2. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urf­odatlari, rasm­rusmlari asosida tayyorlanib, o‘quvchi­yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o‘ziga xoslikka haddan tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari, urf­odatlarini ozgina bo‘lsa­da kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlar bo‘yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag‘rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‘tkazilishilozim.

  3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o‘zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat o‘z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmatqiladi;

  4. Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy madaniyatni takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy kismidir. Bu esa mazkur yunalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga solish va uning sub’ekti masalasini kun tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida Nizomi ishlabchikildi.

  5. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzkiy davomchisi bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo‘ladi.

  6. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni,tinmayishlashnitaqozoetadi.Sinfdanvamaktabdantashqaritarbiyaviyishlarni

ko‘ngildagiday olib borishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, tahlil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo‘lishlari lozim.


Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling