Maktabda manaviyat marifat ishlarni rejalashtirish
I.BOB.MAKTABDA MANAVIYAT VA MARIFAT ISHLARINI REJALASHTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 103.5 Kb.
|
MAKTABDA MANAVIYAT MARIFAT ISHLARNI REJALASHTIRISH
I.BOB.MAKTABDA MANAVIYAT VA MARIFAT ISHLARINI REJALASHTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI1.1.Maktabda manaviyat va marifat ishlarini rejalashtirishMa’naviyat va ma’rifat xonalari hamda maskanlarini qanday nomlagan ma’qul? Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy ma’rifiy, mafkuraviy sohalarda muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Xususan, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari, barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida yangi bir “Ma’naviyat xonalari”, “Ma’rifat xonalari”, “Ma’naviyat maskani”, “Ma’naviyat majmuasi”, “Ma’naviyat markazi” va hokazo nomlar bilan nomlanuvchi ma’naviy ma’rifiy maskanlar paydo bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir ko‘rsatmasi yoki buyrug‘i bilan vujudga kelayotgani yo‘q, aksincha, har bir jamoaning xohishistagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo‘lmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Chunki ushbu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy ma’rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda paydo bo‘layotgan bunday maskanlar jamiyatning ma’naviy ehtiyoji zarurati, desak, aslo yanglishmaymiz. Madomiki shunday ekan, tashkil bo‘layotgan bunday maskanlar qanday nomlanishi kerak? Hozircha bunday maskanlarni ba’zilar “Ma’rifat xonasi”, yana kimlardir “Ma’naviyat markazi”, boshqa birovlar “Ma’naviyat burchagi”, “Ma’naviyat markazi” singari nomlar bilan nomlashmoqda. Bizning fikrimizcha, tashkil etilayotgan bunday maskanlarni “markaz” yoki “burchak” deb nomlash to‘g‘ri emas. “Markaz” deganda, avvalambor barchaning ko‘z oldida o‘z hisob raqami va nizomiga ega, Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan jamoatchilik tashkiloti gavdalanadi. Ikkinchidan, “Ma’naviyat burchagi” deb nomlash ham mantiqan unchalik to‘g‘ri emas. Masalan, maktablarda tashkil qilinayotgan xonalarni aksariyat joylarda “Ma’rifat xonasi”debyuritilmoqda. Axir, maktabning o‘zi aslida ma’rifat maskani ku. Ma’rifat maskanida yana “Ma’rifat xonasi” tashkil etish mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday joylarni tashkil qilishdan avval uning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshilab aniqlab olishimiz kerak. Ana shu maqsad va vazifalar mohiyatidan uning nomi ham kelib chiqadi. Tashkil etilayotgan bunday joylarning eng asosiy maqsadi insonni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ekan, ularni “Ma’naviyat maskani” deb atasak, maqsadga muvofiqbo‘ladi. Oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, o‘rta umumta’lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan “Ma’naviyat maskani” shunchaki xo‘jako‘rsinga yoki ko‘zko‘z qilish uchun emas, balki sof ma’naviy ma’rifiy ishlar natijasi o‘laroq vujudga kelishi kerak. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Ma’naviyat maskani” da faqatgina ayrim tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazilib, boshqa paytlar yopib qo‘yilmoqda. Albatta, “Ma’naviyat maskani” ni bunday tashkil etish to‘g‘ri emas. Fikrimizcha, “Ma’naviyat maskani” har bir jamoaning yuzi bo‘lishi va jamoaning har bir a’zosi u yerdan ma’naviy oziq ola bilishi lozim. “Ma’naviyat maskani” ni tashkil etish uchun butun mamlakatimizda yagona andoza bo‘lishi kerakmi? “Ma’naviyat maskani” ni tashkil etish nuqtayi nazaridan olib qaraganda, yagona andoza juda ham kerak. Lekin mazmuni jihatidan olib qaraganda esa yagona andoza bo‘lishi shart emas. Chunki har bir maktab, akademik litsey, kasbhunar kolleji va oliy o‘quv yurti yoki muassasa yoki tashkilot o‘z imkoniyati, kasbiy yo‘nalishidan kelib chiqib mazmunan rang – barang “Ma’naviyat maskanlari” tashkil etishlari maqsadga muvofiq. Shunga qaramasdan, har qanday “Ma’naviyat maskani” umumiy talablarga javob berishikerak.Albatta, ushbu masala har bir jamoaning ixtiyoridagi ish. Ammo ko‘pgina jamolarda joymasalasi muammo bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai-nazardan biz o‘z tavsiyalarimizni berishni ma’qul topdik:Oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda “Ma’naviyat maskani” kutubxonaning qiroatxonasi (o‘quv zali) yoki ma’ruza zallarining birida tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq bu xonaning keng va yorug‘ bo‘lishiga alohida e’tibor berish kerak. Barcha vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining majlislar zalida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Ma’naviyat maskanlari” ni jihozlashda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim: O‘zbekistonRespublikasiningDavlatramzlari(Bayroq,Gerb,Madhiya)vaularningto‘liq tasnifi; siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz xaritasi, Konstitutsiyamiz hamda milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar); ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga oid farmonlar, farmoyishlar, qonunlar va qarorlar jamlanmasi; mustaqillik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning qisqachaannatotsiyasi; milliy ma’naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda ularning donishmandona fikrlaridannamunalar; xalqimizning madaniy merosi, an’analari, udumlarini aks ettirvchiko‘rgazmalar; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi nashrlari, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallarining barchasonlari; “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan asosiykitoblar; “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi, shu fan hamda “Ma’naviyat asoslari”, “Odobnoma”ga doir darslik qo‘llanmalar asosiy gazeta va jurnallar taxlamlari; Diniy ahloqiy kitoblar, mazkur jamoa a’zolarining aql-salohiyatini va nafosatini ifoda etuvchinamunalar. Shuningdek, bu ishda o‘ta muhim bo‘lgan ikkita yangilikni joriy etish tavsiya etiladi: Birinchisi, elshunos olim, tarix fanlari nomzodi Bilol Aminov tomonidan yozilgan “Hikmat – ibrat” risolasida keltirilgan “Tillo qushchalar parvozi” nomli hikmatlar yo‘riqnomasiga binoan “Ma’naviyat maskani”ning bir qismida devorning katta va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, “Dono bo‘lay desangiz” yoki “Olim bo‘lay desangiz” kabi so‘zlar zaruriyatga ko‘ra turli tillarda yozib qo‘yiladi. Bu katta yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarga hikmatli so‘zlardan 15 – 20 tasi chiroyli qilib yoziladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushchalar parvozi, daraxtlarda o‘tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi. Ostiga 8-10 quticha o‘rnatiladi. Ularga haftada ikki yoki uch marta “vizitka” shaklidagi turli hikmatlar yozilgan “tillo qushchalar” maketi solib qo‘yiladi, ularning soni kishilar soni kishilar soniga qarab ko‘paytirilishi mumkin. Chiroyli naqshli “vizitka”da 2 tadan hikmat yozilgan bo‘ladi. “Tillo qushchalar” nomini olgan bu “vizitka”larni o‘quvchi o‘quvchi yoki xodimlar o‘z ixtiyorlari bilan oladigan va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutadigan bo‘lishlari kerak. Matnlar muassasa, korxona va tashkilotlarning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida tayyorlanadi va kseroks apparatida ko‘paytiriladi. Dastlab haftada bir marta, keyinchalik ikki-uch marta seanslar tashkil etish mumkin. Seanslarni katta tanaffus vaqtida yoki mashg‘ulotlardan so‘ng o‘tkazsa bo‘ladi. Seanslarda beriladigan ma’naviy oziq tabiiy ravishda ehtiyojga aylanib ketishi va yoshlar e’tiborini tortishi uchun “chaqiruvchi xabar signallari”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun’iy daraxt yoki katta tuvakdagi manzarali daraxt va gullarga, ma’lum vaqtlarda ular orasiga ustalik bilan joylashtirilgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi berib boriladi. Buni shunday tashkil qilish kerakki, qush sayrashi o‘rniga Turg‘un Alimatov tanburda ijro etgan mumtoz kuylardan berib borish ham mumkin. Bu oniy lahzalarda kishilar ham madaniy, ham ma’naviy oziq olishiga ishonchimiz komil. Ushbu yangilikni joylarda mutaxassislar soddalashtirib yoki jonlantirib tashkil etishlari ham mumkin. Masalan, hikmatlarni nafaqat “vizitka” shaklida, balki, ko‘rgazmali plakatlar yoki texnik vositalar yordamida ham berish mumkin. Jalb qilish borasida mumtoz o‘zbek kuylaridan ham foydalanilsa ayni muddao bo‘lur edi. Ikkinchi yangilik – bu juda sodda, lekin g‘oyatda ma’suliyatli ish, milliy ma’rifat tizimidagi g‘ochtda muhim o‘zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf- odatlari, an’analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. “Ming bor eshitgandan, bir bor ko‘rgan afzal”, - deydi dono xalqimiz. “Odobnoma” hamda “milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” darslarida, “Ma’naviyat kun”lari har doim og‘zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara bergan bo‘lar edi. To‘g‘ri ushbu yangilik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida moliyaviy mablag‘ talab etadi. Bunday muammoni homiylar va o‘ziga baquvvat ishlab chiqarish korxonalari yordamida hal etish mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi videotasmalar “Ma’naviyat vama’rifat” markazi, “Oltin meros”, “Mahalla” jamg‘armalarining joylardagi bo‘limlari hamda tuman xalq ta’limi metodistlari bilan hamkorlikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Ma’naviyat maskani”da videojamlanmani tashkil etish yosh avlodning ma’naviy kamolotida zamonaviylikka mos vosita usuli bo‘lar edi. Umuman, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini hisobga olib, yuqorida keltirilgan ikki yangilikni imkoni boricha joriy etish samara berishi shak-shubhasiz. “Ma’naviyat maskani”ning old eng yuqorisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlariyoziladi: “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi ” Bundan so‘ng: “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat!” shiori yoziladi. Ushbu yozuvlarning yuqoridan chap qismida O‘zbekiston davlatining rangli siyosiy xaritasi joylashtiriladi Xaritaning pastki qismida quyidagilar yoziladi: Davlat tuzumi – Respublika Qonun chiqaruvchi oliy organi – Oliy Majlis Parlamentimiz Senat va qonunchilik palatasidan iborat, Davlatni – Prezident boshqaradi. Ma’muriy va hududiy tuzilishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahri va 161 qishloq tumanlardan iborat. Hududi – 447,7 ming kv.km. Poytaxti – Toshkent shahri. Xaritaning yonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning portreti hamda pastki qismida uning qisqacha tarjimai holi beriladi. Hozirgi kungacha mavjud bo‘lgan “Ma’naviyat maskani”larida Davlat ramzlarini to‘g‘ri o‘rnatish yoki jihozlash masalalarida turli xil qarashlar mavjud edi. Shu sababli bu yo‘nalishlarda o‘z tavsiyalarimizni berishni ma’qul toptik. Yuqorida keltirilgan davlat ramzlari va siyosiy xaritaga teng hajmda kitob tasviri tushirilib, uning tepa qismida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” deb yoziladi. Pastki qismidan esa “O‘zbekiston – mustaqil, demokratik respublika”, “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlar bir ma’noni anglatadi, “Demokratiya – O‘zbekiston ijtimoiy– siyosiy taraqqiyotining bosh yo‘li” va “Bizning Konstitutsiyamiz yakka partiyaviylik, sinfiy illatlaridan xolidir”, - deb yoziladi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo‘libgina qolmay, balki, juda katta ijtimoiyma’naviy ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g‘oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o‘z ifodasini topgan. Yuqorida chapdan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan eng qadimiy yozma ma’naviy merosimiz bo‘lgan “Avesto” va uning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati o‘z ifodasini topishi kerak. 1jihozning yonidan eni va bo‘yi unga teng ravishda 2jihoz “Turkiy qavmlar ma’naviyati” joy oladi. Ushbu ruknda milliy qahramonlarimiz Alp Er To‘nga (Afrosiyob), Shiroq, To‘maris, Spitamenlarning Vatan ozodligi yo‘lidagi qahramonliklardan lavha va namunalar keltirish mumkin. Yoki shu ruknning o‘zida eng qadimgi turkiy yozuvlar, bitiktoshlardagi hozirgi davr uchun ibratli bo‘lgan hikmatlardan namunalar berish mumkin. Shundan so‘ng turkiy adabiy tilning shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatgan buyuk allomalar Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiylarning buyuk asarlari tasviri tushurilib, birichi kitob ustiga “Devonu lug‘otit turk”, ikkinchi kitob ustiga “Hibbat ulhaqoyiq”, uchinchi kitob ustiga “qutadg‘u bilig” deb yoziladi va ushbu asarlardan hikmatli baytlar keltiriladi. Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiylarning yuqorida ta’kidlangan asarlaridan ham hikmat namunalarini keltirish mumkin. 4jihoz “qomusiy ma’rifat yog‘dusi” deb nomlanib, butun bashariyatga daxldor, O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning suratlari hamda tarjimayi hollari beriladi. Har bir alloma suratining ostki qismida kitob tasviri tushurilib, kitobda har birining yozgan asarlari ro‘yxati berilishi mumkin. Bundan tashqari buyuk qomusiy olimlarimizning donishmandona fikrlari, hikmatlari, baytlari berilsa yoki ular yaratgan olamshumul ixtirolar sanalsa ham o‘quvchilar ma’naviyatini yanada oshiradi. 5jihoz “Temuriylar davri ma’naviyati” deb nomlanib, diqqat bevosita Sohibqiron Amir Temur shaxsi, uning hukmronligi yillarida fan va madaniyatning gullab-yashnaganligi, hokimiyatni idora etish usullari singari milliy qadriyatlarga qaratilishi kerak. Bu ruknda Amir Temurning portreti va uning dasturi bo‘lmish “Kuch – adolatda. Adolat rahbaringiz va dasturingiz bo‘lsin” shiori beriladi. Shu ruknning o‘zida Sohibqiron tomonidan bunyod etilgan tarixiy obidalar va unga vobasta ravishda mustaqillik yillarida qurilgan “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi” hamda Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida o‘rnatilgan Amir Temurning haykallaridan biri tasvirlanadi. Shuningdek, qomusiy olim, temuriylar davrining buyuk arbobi Mirzo Ulug‘bek portreti, uning qisqacha tarjimayi holi, yozgan asarlari keltiriladi. Buyuk shoir, temuriylar davrining eng zabardast vakillaridan biri bo‘lmish hazrat Alisher Navoiyning ham mo‘’tabar siymosi, uning hayoti va ijod yo‘li, asarlaridan namunalar beriladi Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling