Maktabda o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o‘stirish usullari (6 soat)


Download 22.83 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi22.83 Kb.
#1290054
1   2   3   4
Bog'liq
8-семинар

Ikkinchi bоsqich – kеys bilаn birgаlikdа jаmоа bo‘lib (аuditоriyadа) ishlаsh. Bunda jamoa, guruh:
1) guruh а’zоlаrining vаziyat, аsоsiy muаmmоlаr vа ulаrni hаl etish yo‘llаri hаqidаgi turli tаsаvvurlаrini muvоfiqlаshtirishаdi;
2) yechimning tаklif etilgаn vаriаntlаrini muhоkаmа qilаdilаr vа bаhоlаydilаr, qo‘yilgаn muаmmо nuqtаyi nаzаridаn ushbu vаziyat uchun eng mаqbul vаriаntni tаnlаshаdi;
3) muаmmоli vаziyat yechimigа оlib kеlаdigаn tаnlаngаn hаrаkаtlаr yo‘lini аmаlgа оshirishning аniq qаdаm-baqаdаm dаsturini bаtаfsil ishlаb chiqаdilаr;
4) tаqdimоtgа tаyyorlаnаdilаr vа nаmоyish etilаdigаn mаtеriаlni rаsmiylаshtirishаdi.
Kichik guruhlаrda kеys nаtijаlаri tаqdimоti quyidagicha o‘tkaziladi:
1) rеаl vаziyat yechimigа dоir o‘z vаriаntlаrini tаqdim etаdilаr;
2) tаnlаngаn hаrаkаtlаr yo‘lini izоhlаydilаr vа yechimning to‘g‘riligini аsоslаydilаr;
3) bоshqа guruh а’zоlаrining sаvоllаrigа jаvоb bеrаdilаr vа o‘z tаkliflаrini аsоslаydilаr.


Keys jadvali

Berilgan matn tarkibidan muammolarni ajratish



Yechim



Nаtijа

asosiy muammolar

kichik muammolar











Ona tili mashg‘ulotlarida keys matnlari va topshiriqlari (ilk bosqichlarda) quyidagicha tanlanishi mumkin (masalan, 5-6-sinf o‘quvchilari uchun):
SULTONNING TUSHI
Sharqning uzoq mamalakatlaridan birida, cho‘l-u biyobonlardan o‘tilgach, obod etilgan muzofotda boyliklarining hisobi yo‘q, qat’iyatliligi, salobat-u birso‘zliligi bilan dong‘i ketgan sulton yashar ekan. Sulton qat’iyatli, ammo qiziqqon, boz ustiga, irimchi ham ekan. Bir kuni sulton tushida hamma tishlari to‘kilib ketganligini ko‘ribdi. Garchi, ko‘rgan tushining xosiyatli yoki xosiyatsiz ekanligini aniq bilmasa-da, ko‘ngli g‘ashlanibdi.
Xizmatkorlariga yurtning eng mashhur ta’birchilarini topib kelishlarini buyuribdi. Xizmatkorlar elga ma’lum-u mashhur ikki munajjim-ta’birchisini topib kelishibdi.
Sulton ulardan ko‘rgan tushining ta’birini so‘rabidi.
Hazratim! –debdi qo‘rquv bilan donisharalash birinchi ta’birchi.–Har bir tushgan tishingiz – dunyodan ko‘z yumadigan qarindoshingizdir.
Bu qanday odobsizlik!–qichqirib yubordi vajohat bilan sulton. –Bunday xabarni aytishga qanday hadding sig‘di?! Jallod!!!
Sultonning huzuriga ikkinchi ta’birchini olib kelishdi. Ikkinchi ta’birchi sultonning sinchkov qarab turgan ko‘zlari ta’qibi ostida tush tafsilotini tinglabdi.
Sultonim! Siz juda baxtli bo‘lasiz. Uzoq umr ko‘rasiz. Barcha qarindosh- urug‘laringizdan uzoqroq umr kechirasiz,–debdi ta’zim bilan ta’birchi.
Sutonning yuzlariga tabassum yoyilibdi.
Zarbof to‘n keltiring!–buyuribdi sulton.
Munajjim mukofotini olib ketgach sulton o‘ylanib qoldi….

Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling