Мактабда тасвирий санъатни
Tаsviriy san’аtda hozirgi zamon didaktik prinsiplari
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabda tasviriy sanatni oqitish didaktikasi
2.1. Tаsviriy san’аtda hozirgi zamon didaktik prinsiplari
Maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini samarali bo‘lish mashg‘ulotlarning to‘g‘ri mazmunli va izchil olib borishga bog‘liq. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyatini ta’lim mazmuni bilan, ta’lim metodalari bilan amalga oshiriladi. Har bir fan o‘qituvchisi kabi san’at o‘qituvchisi ham pedagogika nazariyasi va uning prinsiplarini mukammal o‘rganishlarini talab qiladi. Didaktika – pedagogika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganiladigan qismidir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, sabok bo‘ladigan so‘zdir, ya’ni didaktika – ta’lim nazariyasi demakdir. Didaktika xususiy metodikalar bilan mustahkam bog‘langan holda, barcha o‘quv fanlari uchun qonun va qoidalarni belgilab beradi. Umumiy didaktika asosida ba’zi o‘quv predmetlari bo‘yicha xususiy didaktikalar kelib chiqadi. Ular metodika deb ataladi. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi, matematika, adabiyot metodikalari va tasviriy san’at fani asoslarini o‘rganishda quyidagi pedagogikaning nazariy uning prinsplari katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiyaning birligi. Ta’limning ilmiylik prinsipi. Ta’limda ko‘rsatmalik prinsiplari. Ta’limda onglilik va aktivlik prinsiplari. Ta’lim protsessida o‘quvchilarni yosh individual xususiyatlarini hisobga olish. Tasviriy san’atning boshqa fan materiallari bilan bog‘likligi. Ta’lim prinspi tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishning, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Bizning davrimizda maktab ta’lim 40 sistemasida onglilik va aktivlik prinsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi maktab ta’limi o‘quvchilarining ongli, mustaqil, aktiv faoliyatiga suyanadi. Ta’limda onglilik o‘quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda chuqur va anglab o‘zlashtirishlari, nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olishlarini o‘z ichiga oladi. Maktablarda o‘quvchilarga beriladigan bilimlar hozirgi zamon bilimlar darajasida bo‘lish, o‘quvchilarga ularni muayyan sistemada bo‘lishni ta’min etishi lozim. O‘qituvchining vazifasi ob’ektiv jihatdan narsa va xodisalar tasvirini ifodalashda realistik san’atining mohiyatini ilmiy ravishda ochib bera olishi kerak. Maktabda tasviriy san’at dars predmeti boshqa fanlar qatori o‘zining mustaqilligiga ega. Shuning uchun tasviriy san’at predmeti bir qator ilmiy asoslarga yondoshiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling