1-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli.
Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim oʻrin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.
Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan oʻrni , burchi va vazifalari boʻyicha koʻnikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada boʻladi.
Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:
1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs boʻlishi;
2) pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega boʻlishi;
3) sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;
4) davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.
Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori boʻladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:
- bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;
- bola huquqlarini roʻyobga chiqarish;
- bolani ijtimoiy himoyalash;
- bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.
Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, gʻoyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
- oʻz kasbining ustasi boʻlishi;
- bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;
- tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor boʻlishi;
- ijodkor, izlanuvchan va namunali boʻlishi.
Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va oʻz sinf oʻquvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |