Maktabga tayyorlov guruhi bolalar taraqiyoti


Download 154.12 Kb.
bet10/11
Sana22.02.2023
Hajmi154.12 Kb.
#1220472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JUMANIYOZOVA ADIBA

Yakuniy hisobot. Yakuniy hisobot har 6 oyda, yilning oxirida tuziladi. Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichida qanday bilimlarga, ko'nikma, malakalarga ega bo'lganliklarini aniqlab oladi. Keyingi bosqichlarga o'quv yiliga reja tuza oladi. Yakuniy hisobotning yana bir maqsadi, bolani guruhdan guruhga o'tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki yo'qmi? ekanligini aniqlashda yordam beradi.

Ota-onalar bilan ishlarni yanada yaxshilash, ota-onalar burchagini yanada mazmunli qilib bezash, shuningdek, ota-onalar bilan individual suhbatlar o'tkazish lozim. Natijada shu narsa ko'rinadiki, bolalarning o'zlashtirishi yanada yuqori darajaga ko'tariladi. Bu o'rinda shuni qo'shimcha qilib o'tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bajargan ishlaridan ko'rgazmalar tayyorlansa, bunda bolalarda qiziqish yanada kuchayadi, o'z ishlarini yanada yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, ota-onalar ham bolalarining bilimlari qay darajada rivojlanib borayotganliklaridan xabardor bo'lib turadilar. Bulardan ko'rinib turibdiki, bolalar bog'chasida hisobot ishlariga alohida e'tibor bermog'imiz lozim. Bu esa o'z vaqtida bolalarni mustahkam bilimlarga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Bu hisobot uchun ma'lumotlar quyidagicha tuziladi:
Ota-onalardan olingan ma'lumotlar.
Tarbiyachining shaxsiy kuzatishlari asosida to'plangan ma'lumotlar. Ota-onalardan olinadigan ma'lumotlar anketalar orqali suhbatlar davomida olinadi.
Anketa quyidagicha tuzilishi mumkin:
Bolaning ismi, familiyasi.

Tug'ilgan kuni, yili.Yoshi.Ota-onasining ismi va familiyasi.Millati.Qiziqishi.


Bolaning uyda bo'lgan vaqtida nimalar bilan shug'ullanishi.
Ota-onalari o'qib bergan ertak, hikoyalardan misollar nomi.
Oilada nechanchi bola ekanligi.
Uy adresi.Bolalar bog'chasida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun tarbiyachi barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirib olishi lozim. Tarbiyachi tomonidan olib boriladigan barcha ishlarni to'g'ri rejalashtirish uchun esa tarbiyachi doimo hisobot ishlarini olib borishi lozim.Hisobot - bolalarning bilimi va saviyasining o'sishi, turli ko'nikma va malakalarni egallashi va har tomonlama rivojlanishini aniqlashdir. Hisobot o'z vaqtida quyidagi turlarga bo'lib olib boriladi:
Dastlabki hisobot.
Kundalik hisobot.
Yakuniy hisobot.
Dastlabki hisobot – tasviriy faoliyat ishlarini to`g`ri rejalashtirish uchun tuziladi.

XULOSA
Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, urug'lardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho'pi, plastilin bilan) o'rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archaning urug'i, yong'oq po'stidan, o'z o'ylaganlari asosida, tarbiyachining topshirig'i bo'yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlardan tanish bo'lgan ertak qahramonlariga o'xshashlarini topish ham o'rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarda fantaziya, tasavvurlari rivojlanib boradi.

Qog'ozni chizilgan chiziq bo'ylab buklash, andaza bo'yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg'ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani kuzatgach, bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o'tirgan bolalar, ishni bo'lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo'yicha yana bir mashg'ulot o'tkaziladi, bunda bolalar o'zlari andaza qilib, uni to'g'ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari, ular chizg'ich bilan chiziq chizish, uzunlik, enini o'lchashni ham o'rganadi. Tarbiyachi faqat chizg'ich bilan qanday ishlashni ko'rsatib beradi, qolgan qismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg'ulot boshlanishidan oldin bolalar bir-birlari bilan nima yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o'z stollariga joylaydilar. Bunday mashg'ulotlar bolalarni qo'l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ishdan oldin rejalashtirish qobiliyatlarini ham o'stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg'ulotda archa o'yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o'zlari tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg'ulotda bolalar applikatsiya mashg'ulotida olgan bilimlarini qo'llaydilar: qog'ozni ko'p buklab, bir xil tipli figuralarni qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o'z o'ylaganlari bo'yicha mavzu tanlab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakatlanuvchi o'yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo)ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg'ulot ajratiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg'ulotda hayvonlarni, qo'g'irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg'uloti ko'pincha yozda va kuzda olib boriladi. Mashg'ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig'ishni iltimos qiladi. Mashg'ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi





Download 154.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling