Muloqotning yoshga xos xususiyatlari
Download 25.78 Kb.
|
MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI SAVOLLAR: 1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin? 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo'ladilar? 3. O'smirlar bilan o'spirinlar muloqoti o'rtasida qanday farq bor? 4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foydalanadilar? 5. Muloqot madaniyati nima? 6. EGO holatiga qanday xususiyatlar kiradi? 7. Muloqotning mazmuni nimaga bog'liq? 8. Transaksiya nima? 9. Qiziqarli muloqot qachon yuzaga keladi? lO.Transakt tahlilga ko'ra muloqotdagi nizoning sabablari nimada? Javoblar:
Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol o'ynaydilar. Bolaning ongini o'stirish uchun o'yinchoqlar va o'yin turlaridan ko'proq foydalanish yaxshi natija beradi. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinda taqlid qilish orqali kattalaming hatti-harakatlari, o'zaro munosabatlarini ifodalaydilar. Bu ularda muloqot rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'yin faoliyati o'ziga xos xususiyatga ega. Ular ko'proq harakatli, sport xarakteridagi o'yinlami o'ynaydilar.O'smirlarda, ayniqsa, 5—6-sinf o'quvchilarida o'yinga bo'lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan bo'sh vaqtlarida o'smirlar o'yin faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Ularda o'yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.Umuman o'yin faoliyati bolalar hayotida muhim o'rin egallaydi. 3. Rahbarlar har bir suhbatdoshning yoshini, tajribasini, malakasini hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'smirlarga, o'spirinlarga alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy ma’lumotlilarga alohida muloqotda bo'lish kerak. Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi lozim. Chunki har bir xodimning o'ziga xos temperamenti (mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati (iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ulami o'zgartirish juda qiyin, shuning uchun rahbarlar xodimlarni doimo kuzatishlari, ularning ruhiy xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri muloqotda bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r, vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak. 4. Bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi: 1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi; 2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi; 3) awalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug'iladi; 4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi. 5. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul. Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta.’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. 6. Shaxs uch EGO holatini o'z ichiga oladi: bolalik, ota-onalik, katta odam. Boshqalar bilan bo'lgan munosabatning har bir daqiqasida individ shundayholatlardan birida bo'ladi. Transaksiya nima? Insonlar o'rtasidagi muloqot jarayonida turli signallar almashinadi. Ushbu signallar transaksiya deyiladi. Transaksiya bu — muloqotga kirishayotgan individlar EGO holatlarining o'zaro ta’siridir. Har biri stimul va javob transaksiyalardan iborat. Transaksiya muloqot ishtirokchilaridan birini EGO holatidan olib chiqadi, birini bu holatga yo'naltiradi. 7. Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilaming o'zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish usuli sifatida namoyon bo'ladi. Muloqotning mazmuni — axborot almashish, o'qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o'quvchilar bilan o'zaro tushunish va o'zaro munosabatlami tashkil etishdir. Pedagoglaming tarbiyaviy va didaktik vazifalarini o'qituvchi hamda o'quvchilar jamoasi o'rtasida munosabatlami ta’minlamay turib amalga oshirib bo'lmaydi. Download 25.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling