Muloqotning yoshga xos xususiyatlari


Download 25.78 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi25.78 Kb.
#215578
1   2
Bog'liq
MULOQOTNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI

8. Transaksiya - muloqotga kirishayotgan kishilar «EGO» holatlarin ing o'zaro ta’siri so'z belgilari yig'indisi, aloqa vositasi.

9. Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea- hodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir.

10. Transakt tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi. Transaksiyalar quyidagi turlarga bo'lin a d i: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka javob qaytarish); kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob qaytarishi); yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog'liq bo'lmagan transaksiyadir. Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy belgilar, so'zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday transaksiya ro'y beradi. Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro'y beradi.
Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling