Maktabgacha pedagogik akmeologiya


Mustaqil ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash


Download 0.73 Mb.
bet17/59
Sana24.08.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1669747
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Maktabgacha pedagogik akmeologiya

Mustaqil ishi himoyasi va uni reyting tizimi asosida baholash
Mustaqil ish yozib bo‘lingach, uni belgilangan muddatgacha kafedraga topshiriladi. Taqrizga jo‘natilganligi to‘g‘risida maxsus daftarga qayd etiladi. Taqrizga yuborilgan kundan boshlab mustaqil ishga 2 hafta mobaynida taqriz yozilib, talabaga qaytarilishi lozim.
Taqrizlar asosan 3 yo‘nalishda ifodalanishi mumkin:
Mustaqil ishni talabga javob berishi ta’kidlanadi.
Mustaqil ishda ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatilib, uni tuzatishga uslubiy maslahatlar beriladi.
Bajarilgan mustaqil ish talabga javob bermasligi qayd etilishi mumkin.
Har uchala holda ham Mustaqil ishlari talabalarga qaytariladi. Taqriz bilan tanishgach: birinchi yo‘nalishdagi taqrizga ega talabalar mustaqil ish mazmunini puxta o‘rganib, himoyaga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadilar. Ikkinchi yo‘nalishdagilar kamchiliklarni to‘g‘rilab, himoyaga tayyorgarlik ko‘rish payida bo‘ladilar. Uchinchi yo‘nalishdagi taqrizga talabalar esa mustaqil ishni qayta yozish va uni o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Kurs ishlari ikkinchi marta taqriz uchun qabul qilinmaydi.
Mustaqil ishlari himoyasi fakultet dekanatlari tomonidan belgilangan kunda o‘tkaziladi. Mustaqil ishlari himoyasi kafedrada tuzilgan maxsus komissiya huzurida (kafedra mudiri- komissiya raisi va a’zolari ikkita professor-o‘qituvchilar) amalga oshiriladi. Himoya jarayonida komissiya a’zolari mustaqil ish bilan tanishib, taqrizchining fikrini inobatga olinganlik darajalari bilan qiziqadilar va aynan mustaqil ish mavzusi yuzasidan talabaga savollar bilan murojat etadilar. Bunda talabaning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, fikrlash qobiliyati, nutq madaniyatiga katta e’tibor beriladi.
Taqrizchi mustaqil ishni himoyaga tavsiya etishi yoki rad etishi mumkin. Mustaqil ishni faqat komissiya a’zolarigina baholash huquqiga egadirlar. Mustaqil ishlari «reyting» balli tizimda baholanadi. Mustaqil ish natijalari reyting daftarchasining maxsus ajratilgan joyiga qayd etiladi va komissiya a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Mustaqil ish mazmunini talabaning mustaqil fikrlari sezilib turgan, ifodalari aniq va ravon bo‘lgan, nazarda tutilgan masalalar batafsil yoritilgan, bezakli jihozlarga boy Mustaqil ishlari e’tiborga loyiq, hamda namunali ish hisoblanadi. Masalan, umumiy ko‘rinishlari bejirim va toza saqlangan Mustaqil ishi yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Mustaqil ishlarini belgilangan muddatgacha taqrizga topshirmagan, hamda talabaning o‘z mehnati natijasi hisoblanmagan kurs ishlari baholanmaydi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling