Savol va topshiriqlar
1.Ilmiy-pedagogik bilimlaming manbalariga nimalar kiradi?
2.Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil etish usullarini izohlang.
3.Kuzatishning turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
4.Suhbat metodini qo‘lIashga qo'yiladigan metododlogik talab- larga nimalar kiradi?
5.So‘rov metodining asosiy shakllarini sharhlang.
6.Test savollarini tuzish qoidalarini bayon eting.
7.Test metodini qo‘llashga qo‘yiladigan talablarni izohlang.
8.Eksperimentning qanday turlari mavjud?
9.Ilg‘or pedagogik tajribani o^rganishning o‘ziga xosliklarini bayon eting
Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari.
Asosiy adabiyotlar.
1. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. – T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.
2. To‘raqulov X.A., Hasanboyev J.J., Usmanov N.O‘., Alqarov I.SH., To‘raqulov O.X. Ilmiy tadqiqot asoslari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriѐti, 2011.
3. Краевский В.В. Методология педагогического исследования: Пособие для педагога-исследователя. – Самара: Изд-во СамГПИ, 1994.
AMALIY MASHG’ULOTLAR
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari va boshqa texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhda alohida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni olib borish usullari turli-tuman ko‘rinishda bo‘lsada, faol va interfaol metodlar ko‘proq qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
1-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli
Ishdan maqsad: Talabalarga Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |