Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish
-mavzu: Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash
Download 232.16 Kb.
|
мажмуа MPTModellashtirish УРДПИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
5-mavzu: Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash
Reja: 1.Tadqiqot muammosining dolzarbligi. 2.Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslash. 3.Tadqiqot mavzusi va dolzarbligini asoslashda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar. Tadqiqot mavzusinning dolzarbligi va zaruratini asoslashga doir misol. Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy ta- fakkumi modemizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Ta’lim- tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalami keng miqyosda qo‘Ilash jahon taraq-qiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Ayni paytda interfaol ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilarning tafakkuri va dunyo- qarashini rivojlantirishning innovatsion metod va texnologiyalarini takomillashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz mustaqiilikka erishgach, yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini yaratish vazifasiga aiohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligim baxsh etadi. 0‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari, unda namoyon bo'ladi, kasb-kori mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlaming dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ulaming iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi” degan qat’iy xulosaga kelindi. Mana shu g‘oyalar tadrijiy ravishda rivojlantirilib mustaqil mamlakatimizning buyuk kelajagini ta’minlaydigan muhim omil sifatida ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash sohasini mutiaqo yangi asosda tashkil etishga kirishildi. Mazkur masalalami hal etish uchun umumiy o‘rta ta’lim tizimi va mazmuni yangilandi, ya’ni I-XI sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy o‘quv-uslubiv maj- mualar yaratildi. Umumta’lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni moder- nizatsiya-lashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik hamda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, mazkur jarayonga kompetent yondashuvni tatbiq etish, globallashuv sharoitida o‘quvchilarning tarixiy ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘r- satuvchi axborot xurujlaridan muhofaza qilishning muhim omili sifatida ularda axborot iste’rnoli madaniyatini tarkib toptirish, samarali ta’lim texnologiyalari hamda o‘quvchilarni milliy tarixiy merosimizni chuqur va to‘liq o‘zlashtirishga doir elektron dasturiy vositalarni ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-son “0‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 321- son “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishii boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Savol va topshiriqlar Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslashda nimalarga aiohida e’tibor qaratish zarur? Tadqiqotchining o'zining kognitiv sohasidagi muammo tadqiqot muammosi bo‘)ib xizmat qilishi mumkinmi? Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslashda hozirgi vaqtda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish talab etilmoqda? Mazkur holatga Siz qanday baho berasiz? Tadqiqot mavzusining dolzarbligi o‘zida uning zaruriyat ekanli- gini aks ettiradimi? Tadqiqot mavzularining qayta-qayta e’lon qilinishining sababi nimada deb hisoblaysiz? Download 232.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling