Maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari Reja


Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy tushuncha (kategoriya)lari


Download 108 Kb.
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi108 Kb.
#217567
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1403412330 45762

Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy tushuncha (kategoriya)lari

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir - biri bilan uzviy boglangan quyidagi tushunchalar mavjud tarbiya ta’lim, ma’lumot.

Tarbiya- kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, о‘sib, avloddan - avlodga vorislik ishlarini bajarib kelgan bо‘lsada, ammo xar bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, о‘ziga xosligi bilan farqlanadi.

Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hodisa bо‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va kо‘nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо‘yadi.

Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash mummmolari dastlab halq ogzaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan.

Abdulla Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan, hakli ravishda shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».

Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, iymon e’tiqod, mehr - muruvvat, rostgо‘ylik, adolatgо‘ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g‘oyalar vositasida shalkllanib boradi.

Ta’lim – u bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bо‘lib, muayyan kunikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir.

Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.

Ta’lim ikki tomonlama jarayon bо‘lib va о‘qitishni о‘z ichiga oladi.

О‘qitish - pedagogik faoliyat bо‘lib, bilim malaka, kо‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.

О‘qish - uquvchining bilim, malaka kо‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U о‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.

Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bulib, u ijtimoiy hayot voqealarni obyektiv aks ettiradi, Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri tо‘g‘risidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, kо‘nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir.

Ma’lumot kishining bilishga bulgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga kо‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling