Maktabgacha pedagogika muratova saboxat choriyevna 2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi


O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim


Download 366.38 Kb.
bet5/5
Sana23.09.2023
Hajmi366.38 Kb.
#1686470
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu Maktabgacha ta’lim tarixi

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim.

Ta'limning tahlili shuni ta'kidlash imkonini beradiki, zamonaviy ta'lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. O'zbekistonning maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quvta'lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari» va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.

  • "Ilk qadam" MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San'at markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish». Guruh bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
  • Taqqoslash asosida, maktabgacha ta'limning tarixi bilan hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz. E'tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi"da ta'limga nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu jihat bolalar bog'chasida bolalar faoliyatini tashkillashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar guruhi yog'och kublardan minora yasaydi, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomida ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi - yiqiladimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mumkin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?" va h.z.

Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitilgan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.

  • Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitilgan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.
  • Shunday qilib, bolaning faoliyatida uning xatti-harakatlari rivojlanishining asosi hisoblanadi. Masalan, kubiklardan, geometrik shakllardan uy quradimi, ertak, hikoya to'qiydimi va h.z. Muhimi, u izlanishda bo'ladi, o'ylaydi, individual ravishda va hamkorlikda qarorlar qabul qiladi. Bu esa bolaga o'zining ijodiy faolligini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
  • Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida ushbu fanning metodologik asoslari yaratildi.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 366.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling