Maktabgacha pedagogika muratova saboxat choriyevna 2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi


Download 366.38 Kb.
bet1/5
Sana23.09.2023
Hajmi366.38 Kb.
#1686470
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu Maktabgacha ta’lim tarixi

Maktabgacha pedagogika

MURATOVA SABOXAT CHORIYEVNA

2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi


Reja
Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari.
Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim.
Reja
3
2
1

Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari

XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.

Fridrix Frebel (1782-1852). Fridrix Frebelning pedagogik tizimi

Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar bog ’chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Qlloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan.

Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar bog’chasi oczining dizayniga ko`ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo'lgan. Bolalar bog’chasi tarbiyachilarmi nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglami bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘rniini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog’bon qizlardan o`rganishi mumkin borgan.


Download 366.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling