“мактабгача pedagogika ”


Download 50.94 Kb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi50.94 Kb.
#1036119
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Sayyora 94 142 92 95


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIM ” SIRTQI YO’NALISHI

____-KURS “___” GURUH TALABASI




____________________________________________________
“МАКТАБГАЧА PEDAGOGIKA ”
FANIDAN
“_________________________________________________________
________________________________________________________
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: __________________________

Navoiy-2022


Maktabgacha ta'lim tashkiloti drektorining boshqaruvidagi muomala madaniyati va pedagogika mahorati


Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I bob.

    1. Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari……………………………………………………………………..5

    2. Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi………………………………………………………………..11

II bob.
2.1.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi uning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari……………….15
2.2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi faniiing yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi о‘rni………………………………………………………..19
Xulosa……………………………………………………………………………23
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..25
Kirish
Inson tarbiyasi insonning о‘zp kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga о‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi.
Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо‘grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qiladi.
Maktabgacha perdagogika esa bola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlariii о‘rganadi va bog‘cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi.
Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.
Ta’lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о‘zlarining qator asarlarida ta’lim - tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar.
Faylasuf olim Forobiy о‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarii bildiradi. "Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir". «Dars ila
tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о‘xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi.
Mashg‘ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi.
Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish , hikoya qilinayotgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi.




    1. Download 50.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling