Maktabgacha ta’lim asoslari-i artiqova Oydinxon
) Maktabgacha ta’limga yangicha yondashuv
Download 102.76 Kb.
|
Artiqova
4) Maktabgacha ta’limga yangicha yondashuv mavzusidagi ma’lumotlarni “Ven “ diagrammasida tahlil qiling. ( Davlat standarti va Davlat talablarini qiyosiy tahlil qiling )
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi; davlat standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi; maktabgacha ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi; maktabgacha ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; maktabgacha ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanganligi; xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. maktabgacha taʼlim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada maʼnaviy meʼyorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini koʼzda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon; rivojlanish - inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit taʼsirida roʼy beradigan oʼzgarishlar; rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yoʼnalishlar; kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Аsosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning maʼlum bir tomonlarini oʼz ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yoʼnalishini koʼrsatib beradi; kutilayotgan natija - bolalarda kutilayotgan bilim, koʼnikma va malakalar koʼrsatkichi; bola kompetentsiyasi - maʼlum bir yosh davriga xos boʼlgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli boʼlgan bolaning bilimi, koʼnikmasi va malakalari hamda qadriyatlari; integratsiya - bola taʼlimi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari oʼrtasidagi bogʼliqlik; inklyuziv taʼlim - bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda taʼlim va tarbiya olinishini teng taʼminlovchi jarayon; "Men" kontseptsiyasi - bolani oʼzi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi; refleksiv faoliyat - bolada oʼz tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. Mamlakatda oʼtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilgʼor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida maʼnan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir Download 102.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling